Bizga TDYU* da "Jinoyat huquqi" fanidan dars bergan o`qituvchimiz hazilkash bo`lib, talabalarning harakatlarini huquqiy atamalar bilan atashni yoqtirardi: kechikib kelish - qasddan sodir etilgan jinoyat, darsda gaplashib o`tiradigan 3-4 talabalar - uyushgan guruh, dars qilmay kelgan talabaning o`qituvchiga gap qaytarishi - jinoyatni og`irlashtiruvchi holat va boshqalar.
Men Yaponiyaga kelganimdan beri, ya'ni 8 oydan beri Kyotodagi Ritsumeikan universtitetiga qarashli "International House 2" talabalar turar joyida yashayman. Ikki qavatli bu yotoqxonada hozirda 38 kishi istiqomat qiladi va ular turli davlat vakillari. Ularning hammasini sanab o`taman: Xitoy - 3 kishi, Buyuk Britaniya - 2 kishi, Ukraina - 1 kishi, Bolgariya - 2 kishi, Yaponiya - 4 kishi, AQSh - 4 kishi, Tayvan - 2 kishi, Fransiya - 3 kishi, Polsha - 2 kishi, Meksika - 2 kishi, Janubiy Koreya - 2 kishi, Yangi Zellandiya - 1 kishi, Avstraliya - 4 kishi, Vengriya - 1 kishi, Ispaniya - 1 kishi, Latviya - 1 kishi, Chexiya - 1 kishi, Peru - 1 kishi va O`zbekiston - 1 kishi, ya`ni men.
Yotoqxona hududi va unga tegishli bo`lgan obyektlar ikki qismga bo`lingan: hamma birgalikda foydalanadigan va shaxsiy foydalaniladigan hudud hamda obyektlar. Dastlab, bu hududlar va obyektlar haqida hamda turli xalq vakillari ulardan qanday foydalanishlari haqida gapirib beraman.
Birgalikda foydalaniladigan hudud va obyektlar: oshxona (har qavatda bittadan) va undagi idishlar, dush - yigitlar va qizlar uchun alohida 3 tadan, kompyuterxona hamda kompyuterlar, koridor, tadbir va bazmlar o`tkaziladigan zal, tashqaridagi kichik hovli, kir yuvish va quritish mashinalari - 4 tadan, dazmol - 4 ta, chang yutgich - 3 ta, televizor - 2 ta va yana boshqalar.
Oshxona - yotoqxona aholisi tomonidan eng ko`p foydalaniladigan hududlardan biri. Oshxonadan foydalanishda shunday qoida bor: idishlardan foydalanib bo`lingach, foydalangan kishi, albatta, ularni yuvib, artib, so`ng olgan joyiga qo`yishi kerak.
Bu qoida bir necha marta buzildi - idishlar yuvilmasdan qoldirila boshlandi. Shunda yotoqxonadagi barcha millat vakillari tadbir va bazmlar o`tkaziladigan zalda yig`ilib, ushbu qoidaga qo`shimcha kiritdik: "Agar bundan keyin 3 martadan ko`p idishlar yuvuqsiz qoldirilsa, navbatchilik tashkil qilinadi - har kuni bir kishi navbatchi bo`ladi. Uning vazifasi - kechqurun oshxonani ko`zdan kechirish, yuvilmagan idish qoldirilgan bo`lsa, uni yuvib qo`yish". Huquq o`qituvchim bunday yig`ilishni "Xalqaro konferensiya" deb atagan bo`lardi.
Qoidaga bunday qo`shimchaning kiritilishi idishlarning yuvuqsiz qolib ketish holatiga barham berdi va qoidadagi bu qo`shimchadan hozirgacha biror marta foydalanilgani yo`q. Ushbu holat kimgadir oddiy tuyulishi mumkin, lekin men buni butun hayotim davomida uchratgan eng ijobiy holatim, deb baholadim: men uchun huquq va axloqdagi jazolashni nazarda tutuvchi qonun hamda qoidalardan foydalanishga majbur bo`lmaslik eng ijobiy holatdir.
"Idishlarning yuvuqsiz qolib ketishiga barham bergan asosiy omil ikkita, - xayolimda o`z qarashim bilan vaziyatga baho berib o`tgandim, - birinchisi: boshqalarga og`irligi tushishi mumkinligini anglash va ongli ravishda ushbu salbiy odatni tark etishga harakat qilish; ikkinchisi: kimdir idishni yuvuqsiz qoldirib ketgan kishini ko`rsa, unga idishni yuvib qo`yish kerakligini eslatish. Huquq tilida bu ikki omilning birinchisi "huquqiy madaniyat", ikkinchisi esa "jamoat nazorati" deb ataladi".
Hamma uchun bir xil bo`lgan yana asosiy qoidalardan biri bu - hojatxona unitaziga hojatxona qog`ozidan boshqa hech narsa tashlamaslik. "Hojatxona haqida yozmasa ham bo`lardi", - degan xayol o`tdimi? Lekin buni yozmasdan o`tolmasdim, bu qoida men uchun juda muhim. Muhimligi shundaki, unitaz quvuriga nimadir tiqilib qolsa, barcha Hojatxonalarga boruvchi suv to`xtab qoladi. Suvning to`xtab qolishi qanday oqibatlarga olib kelishini tasavvur qila olasizmi?! Agarda kimnigdir bu qoidaga amal qilmasligi natijasida quvurga nimadir tiqilib qolsa-yu, bu haqda huquq o`qituvchim eshitsa, ushbu holatni "Transchegaraviy** daryolarga to`g`on qurish orqali suvni to`sib qo`yish va boshqa davlatlar manfaatiga zarar yetkazish" deb baholagan bo`lar hamda buni hech ikkilanmay "o`ta og`ir jinoyat" deb belgilab qo`yardi.
Shunigdek, koridorda kech soat 9:00 dan keyin boshqalarning uxlashiga xalal beradigan darajada baland tovush bilan gaplashish mumkin emas; kompyuterxonada tamaddi qilish mumkin emas; televizor va kompyuterdan foydalanib bo`lingach, albatta o`chirilsin va shu kabi bir qancha qoidalar bor. Ular juda oddiy bo`lib, amal qilish uchun arzimas e`tibor talab qilinadi, xolos. Yotoqxonada yashovchi barcha uchun bir xil bo`lgan bunday qoidalarga mos keluvchi huquqiy atama "Xalqaro huquq normalari" deyiladi.
Shaxsiy hudud va obyektlarga har bir kishining o`z xonasi, xona ichidagi muzlatgich, konditsioner, divan, dars stoli va stuli, xojatxona, kiyimlarni solish uchun shkaf, kiyim ilgichlar, kitob javoni va shunga o`xshash boshqa buyumlar, shunigdek, yotoqxonaga kirgandan o`ng tarafda joylashgan oyoq kiyim qo`yish javoni kiradi.
Yotoqxonada yashovchilar shaxsiy hududlardan va buyumlardan o`z xohishiga ko`ra foydalanishadi. Masalan, men havo issiq paytlarda kechasi konditsionerni yoqib qo`yishdan ko`ra derazani ochib qo`yishni afzal bilaman.
- Men hech qachon derazamni ochib qo`ymayman, derazadan turli hashoratlar kirishi mumkin. Shuning uchun doim konditsionerdan foydalanaman, - degandi koreyaliklardan biri mening bu odatimni eshitganida.
Bundan tashqari, men sumkamni kitob javoni ustiga qo`yib qo`yaman, men bilan bir guruhda o`qiydigan Buyuk Britaniyalik qiz esa sumkasini dars stoli ostida saqlaydi.
AQSh vakillaridan biri juda ko`p hollarda xonasining eshigini ochib qo`yadi hamda koridordan o`tayotganlarga "Xayrli kun!", "Darsdan qaytyapsanmi?", "Qayergadir ketyapsanmi?" kabi so`zlar bilan tez-tez murojaat qilib turadi.
Xitoy vakillaridan biri esa xona eshigini hech qachon ochib qo`ymagan ma'qul deb hisoblashini aytadi: "Xonaning ichidagilarga boshqalarning ko`zi tushmagani yaxshi", - deydi u hamda eshigini doim yopiq holda saqlaydi.
Shuningdek, shaxsiy hududlarda qoidalarni hudud egalarining o`zi belgilaydi. Masalan, mening xonamga kirib qolgan o`rgimchak o`ldirilishi shart. Men bunday o`rgimchaklarning barchasini o`ldiraman.
- O`rgimchakni o`ldirish yaxshi emas, - degandi fransuz qiz bu qoidamni eshitib, - har bir mavjudodning o`z vazifasi bor. O`rgimchak pashsha va shunga o`xshash zararli hashoratlarni yeydi. Bu - ijobiy vazifa.
Fransuz qizning aytishicha, agar o`rgimchak xonasiga kirib qolsa, uni o`ldirmasdan xonasidan chiqarib yuborar ekan. Lekin pashsha borasida fikri meniki bilan bir xil: "Xonaga kirib qolgan pashshani o`ldirish kerak - pashshalar xonamizga bizni chaqish uchungina kiradi, axir!" - alohida urg`u bilan ta'kidlaydi u.
Yaponiyalik qizning o`rgimchakka munosabati butunlay o`zgacha - u o`rgimchakdan juda qo`rqadi. O`rgimchak xonasiga kirib oladigan bo`lsa, yotoqxonadagi talabalardan birini xonasiga boshlab keladi hamda o`rgimchakni o`ldirtiradi yoki xonasidan chiqartirib yuboradi.
Shaxsiy hududdagi boshqa qoidalar ham turli millat vakillarining dunyoqarashi va odatlaridan kelib chiqib o`rnatilgan bo`lib, ko`pchiligi bir-biridan farq qiladi. Shuningdek, talabalar boshqa xonadagi qoidani to`g`ri deb bilmasa-da, ularning aynan shu xonada amalda bo`lishiga jon-jahdi bilan qarshilik qilishmaydi, lekin, albatta, bu boradagi fikrlarini aytib o`tadi. Fikrlar qaratilgan talaba ham ularni eshitishdan bosh tortmaydi, o`zini eshitmaganlikka solmaydi. Aksincha, e'tibor bilan tinglaydi, ular qanchalik asosli ekanligini o`ylab ko`radi. Bildirilgan fikrlarni to`g`ri deb topsa, qoidasiga o`zgartirish kiritadi, asosli deb bilmasa, shu zaylda davom ettiradi. Bu holatni, to`la mos kelmasa-da, huquqiy tilda "fikr erkinligi va uning amaldagi ifodasi" deb atash mumkin.
Shuningdek, talabalar tez-tez bir-birlarining xonalariga turli maqsadda kirib turadilar: suhbatlashish uchun, birga dars qilish uchun, ba'zi masalalarda maslahat qilish uchun, kasal bo`lib qolgan talabani ko`rish uchun, xonaga kirib qolgan biror hashoratni xonadan chiqarib berish yoki o`ldirib berish uchun va hokazolar.
Turli davlatdan bo`lgan bu talabalarning boshqa xonaga kirib-chiqish munosabatida ajoyib bir xulqi mavjud: qanday maqsadda, necha marta boshqa xonaga kirishidan hamda xonada qancha muddat qolishidan qat'i nazar, hech bir xalq vakili "Bu xona endi menga tegishli", - deb sherigining xonasiga da`vo qilmaydi. Sizda "Boshqaning xonasi bo`lgandan keyin da'vo qilmaydi-da. Oddiy holat-ku, buning nimasi ajoyib?" - degan savol tug`ilishi ham mumkin. Ammo men bu savolga siz qoniqadigan darajada javob bera olmayman. Bu savolni yotoqxonada yagona bo`lgan ukrain qizdan so`rab ko`rganingiz ma'qul. O`ylashimcha, u sizga ushbu xulq qanchalik ajoyib ekanligini yetarli darajada tushuntirib bera oladi.
Bundan tashqari, yotoqxonada talabalar o`zlari istagan diniga e'tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmasliklari mumkin.
Talabalar orasida vegetarianlar ikkita, xristian dinidagilar 10 kishidan ortiqroq, buddaviylik ta'limotiga amal qiluvchilar ham bir nechta, hech qaysi din yoki ta'limotga amal qilmaydiganlar 15 kishidan ko`proq. Men esa yotoqxonada islom dinidagi yagona kishiman.
Yotoqxonada uyushtiriladigan tadbir va bazmlarda e'tiqodlar, albatta, hisobga olinadi: Yaponiyada eng ko`p ishlatiladigan go`sht cho`chqa go`shti. Go`sht iste'mol qiluvchi talabalarning atigi bittasi, ya'ni men islom dinida taqiqlangani uchun cho`chqa go`shtini yemayman. Shu sababli go`shtli ovqatlar har doim ikkiga bo`lib tayyorlanadi - cho`chqa go`shtili va mol go`shtili. Shuningdek, ikki vegetarian uchun ham albatta faqat sabzavotlardan iborat taomlar pishiriladi. Ichimliklar ham alkogolli va alkogolsiz qilib bo`lib qo`yiladi. Bu huquq tilida e'tiqod va vijdon erkinligi hamda uni amalga tatbiq etish deyiladi.
- Yaponiyada ishlovchi xitoyliklarga yoqtirmasligi uchun ruhiy bosim o`tkazadigan, ba'zida haqoratlaydigan yaponlar ham uchrab turarkan, - biroz ikkilanish ohangida gapirdi do`konga ishga kirmoqchi bo`lib yurgan xitoylik qiz.
- Yoqtirmasliklarining sababi nima? - bila turib so`radim men.
- Bilmadim.. Shunchaki xitoylik bo`lgani uchun yoqtirishmaydi..
- Ha, bunday holat menga ham tanish. Ba'zi o`zbeklar qirg`izlarni qirg`iz bo`lgani uchun, qirg`izlarning ba'zilari esa o`zbeklarni o`zbek bo`lgani uchun yoqtirmaydi. G`alati-a? - so`radim men. - Bu huquqda millatchilik deyiladi, - xayolimdan o`tkazdim.
Xitoy qiz "G`alati", - degan ifodada yelka qisib qo`ydi.
- Sen-chi, hech yaponlarni yaponligi uchun yoqtirmagan payting bo`lganmi?
- Yo`g`-e, insonni shunchaki qaysidir millatga tegishli bo`lgani uchun yoqtirmaslik noto`g`ri-ku!
- Ha, fikringga to`la qo`shilaman. Insonlarni qaysidir millatga yoki davlatga, yoxud e'tiqodga mansubligi uchungina yoqtirmaslikka va ulardan nafratlanishga hech kim haqli emas. Insonlarga mansubligiga qarab emas, insoniy xislatlariga qarab baho berilishi kerak-ku, axir. Yaxshi inson, qaysi millat vakili bo`lishidan qat'i nazar, yaxshi va u hurmatga loyiq. Xuddi shu kabi, yomon odam, qaysi millatga mansub bo`lmasin, yomon va uni yoqtirmaslikka haqqimiz bor.
- Lekin yotoqxonadagi yaponlar menga yaxshi munosabatda, yapon dugonam qayergadir sayohatga yoki aylanishga bormoqchi bo`lsa, meni ham, albatta, taklif etadi.
- Bu yaxshi, juda. Men yotoqxonadagi millatlarning bir-biriga bo`lgan munosabatlarini yoqtiraman.
Ha, biz - turli millat vakillari yotoqxonada shunday yashaymiz. Yotoqxona - biz uchun kichik dunyo, biz - bu dunyoning aholisi, xonalar - har bir millatga tegishli davlatlar. Biz birgalikda foydalaniladigan hududdan birga foydalanamiz, qo`shnimizga oqib boradigan suvni to`sib qo`ymaymiz, bir-birimizni qaysidir millatga tegishli bo`lganimiz uchun yomon ko`rmaymiz, dinlarimizning haq yoki nohaq ekanligi ustida tortishib, janjal chiqarmaymiz, boshqa millatning davlatiga kirib olib: "Bu mening davlatim!" deb da'vo qilmaymiz. Shunigdek, bajarilishi bajarilmasligidan osonroq va foydaliroq bo`lgan umumiy qoidalarga amal qilamiz. Bu qoidalar buzilsa, bunga qarshi birgalikda chora ko`ramiz. Qaysidir davlatning qonun-qoidalari bizning dunyoqarashimizga to`g`ri kelmasa ham, uni zo`rlik, taziyq bilan o`zgartirishga harakat qilmaymiz, lekin o`z fikrimizni, albatta, bildiramiz, bildirilgan fikrlardan to`g`ri xulosa qilishga va noto`g`ri bo`lgan qoidalarimizni to`g`rilashga or qilmaymiz. Biz kichik dunyomizda shunday yashaymiz.
Siz fikrimni tasdiqlamasligingiz va meni utopistga chiqarishingiz mumkin, lekin dunyodagi barcha millat va xalqlar xuddi shunday yashay oladilar, shunday yashashga qodir hamda haqlidirlar. Men buni ularning vakillari orqali ko`rib turibman.
Dunyo xalqlarining bunday hayotini huquq tilida qanday atash mumkinligi haqida yetarlicha o`yladim, lekin topa olmadim. Ha, huquq tilida bunday atama mavjud emas. Bunday atama, ba'zilarga ancha erish va jo`n eshitilsa-da, oddiy insonlarning tilida mavjud: buni ular baxt deb ataydilar.
*TDYU - Toshkent davlat yuridik universtiteti.
**Transchegaraviy - bir-necha davlatlarni kesib o`tgan.
Muallif ruxsatisiz blogpostlardan nusxa ko`chirish hamda saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa yerlarda chop etish, yozib qoldirish ta`qiqlanadi.
***

Siz yapon va xitoy millati yoki yapon va koreys millatidagi insonlarning ba'zilari bir-birini yoqtirishmasligini eshitganmisiz? Men ko`p eshitganman. Bu yoqtirmaslikning sababi shunday: ba'zi yaponlar koreys va xitoylarni koreys va xitoy bo`lgani uchun, ular esa yaponlarni yapon bo`lgani uchun yoqtirishmaydi. Bu - yoqtirmaslikning men tushuna olmaydigan darajadagi murakkab va mantig`imga zid sababi. - Yaponiyada ishlovchi xitoyliklarga yoqtirmasligi uchun ruhiy bosim o`tkazadigan, ba'zida haqoratlaydigan yaponlar ham uchrab turarkan, - biroz ikkilanish ohangida gapirdi do`konga ishga kirmoqchi bo`lib yurgan xitoylik qiz.
- Yoqtirmasliklarining sababi nima? - bila turib so`radim men.
- Bilmadim.. Shunchaki xitoylik bo`lgani uchun yoqtirishmaydi..
- Ha, bunday holat menga ham tanish. Ba'zi o`zbeklar qirg`izlarni qirg`iz bo`lgani uchun, qirg`izlarning ba'zilari esa o`zbeklarni o`zbek bo`lgani uchun yoqtirmaydi. G`alati-a? - so`radim men. - Bu huquqda millatchilik deyiladi, - xayolimdan o`tkazdim.
Xitoy qiz "G`alati", - degan ifodada yelka qisib qo`ydi.
- Sen-chi, hech yaponlarni yaponligi uchun yoqtirmagan payting bo`lganmi?
- Yo`g`-e, insonni shunchaki qaysidir millatga tegishli bo`lgani uchun yoqtirmaslik noto`g`ri-ku!
- Ha, fikringga to`la qo`shilaman. Insonlarni qaysidir millatga yoki davlatga, yoxud e'tiqodga mansubligi uchungina yoqtirmaslikka va ulardan nafratlanishga hech kim haqli emas. Insonlarga mansubligiga qarab emas, insoniy xislatlariga qarab baho berilishi kerak-ku, axir. Yaxshi inson, qaysi millat vakili bo`lishidan qat'i nazar, yaxshi va u hurmatga loyiq. Xuddi shu kabi, yomon odam, qaysi millatga mansub bo`lmasin, yomon va uni yoqtirmaslikka haqqimiz bor.
- Lekin yotoqxonadagi yaponlar menga yaxshi munosabatda, yapon dugonam qayergadir sayohatga yoki aylanishga bormoqchi bo`lsa, meni ham, albatta, taklif etadi.
- Bu yaxshi, juda. Men yotoqxonadagi millatlarning bir-biriga bo`lgan munosabatlarini yoqtiraman.
Ha, biz - turli millat vakillari yotoqxonada shunday yashaymiz. Yotoqxona - biz uchun kichik dunyo, biz - bu dunyoning aholisi, xonalar - har bir millatga tegishli davlatlar. Biz birgalikda foydalaniladigan hududdan birga foydalanamiz, qo`shnimizga oqib boradigan suvni to`sib qo`ymaymiz, bir-birimizni qaysidir millatga tegishli bo`lganimiz uchun yomon ko`rmaymiz, dinlarimizning haq yoki nohaq ekanligi ustida tortishib, janjal chiqarmaymiz, boshqa millatning davlatiga kirib olib: "Bu mening davlatim!" deb da'vo qilmaymiz. Shunigdek, bajarilishi bajarilmasligidan osonroq va foydaliroq bo`lgan umumiy qoidalarga amal qilamiz. Bu qoidalar buzilsa, bunga qarshi birgalikda chora ko`ramiz. Qaysidir davlatning qonun-qoidalari bizning dunyoqarashimizga to`g`ri kelmasa ham, uni zo`rlik, taziyq bilan o`zgartirishga harakat qilmaymiz, lekin o`z fikrimizni, albatta, bildiramiz, bildirilgan fikrlardan to`g`ri xulosa qilishga va noto`g`ri bo`lgan qoidalarimizni to`g`rilashga or qilmaymiz. Biz kichik dunyomizda shunday yashaymiz.
Siz fikrimni tasdiqlamasligingiz va meni utopistga chiqarishingiz mumkin, lekin dunyodagi barcha millat va xalqlar xuddi shunday yashay oladilar, shunday yashashga qodir hamda haqlidirlar. Men buni ularning vakillari orqali ko`rib turibman.
Dunyo xalqlarining bunday hayotini huquq tilida qanday atash mumkinligi haqida yetarlicha o`yladim, lekin topa olmadim. Ha, huquq tilida bunday atama mavjud emas. Bunday atama, ba'zilarga ancha erish va jo`n eshitilsa-da, oddiy insonlarning tilida mavjud: buni ular baxt deb ataydilar.
"International House 2" yotoqxonasida yashovchi talabalar. |