Friday, December 22, 2017

Yevgeniy Onegin

A.S.Pushkinning "Yevgeniy Onegin" asari men eng yoqtirgan asarlardan biri. Ushbu asarni 6 marta qayta o'qib chiqqanman va ba'zi qismlari yod bo'lib ketgan. Oxirgi marta Mirzo Kenjabek tomonidan tarjima qilingan variantini o'qiganimda (bundan bir oylarcha oldin), o'zimga yoqqan satrlarni ajratib olgandim. Bu satrlar Sizga ham ulashmoqchiman.



Ey, hurlarim! Qaylardasizlar?
Yetarmikan sizga bu faryod?
Bormikansiz? Yo o'zga qizlar
O'rningizni oldimi, hayhot!


***

Onajonlar, sizlar ham, illo,
Ogoh eting hur qizingizni,
To`g`ri tuting oynagingizni!
Yo`qsa.. Yo`qsa, asrasin Xudo!
Bul so`zimga shuldirki izoh,
Ko`pdan beri qilmadim gunoh.


***

Yodda: dengiz ko`tardi dovul,
To`lqinlarga qilgandim hasad - 
Chopishardi muhabbat-la ul
Oyoqlarga bosh urib faqat.
O`shal aziz oyoqlarga jim
Mavjlar ila tegsaydi labim!


***

Bas, makkora qizlarni jo`shib
Ezma soz-la madh etma, bag`ir,
Dardlaringga arzimas, axir,
Hayf ularga ilhom va qo`shiq.


***

Yashab fikr qilguvchi inson
Insonlarga nafratsiz bo`lmas.
Hisli yurak topmagay omon -
Qaytmas kunlar sharpasi qo`ymas:
U dil maftun bo`lolmas, hayhot,
Unga ilon bo`lgay xotirot,
Uni o`kinch kemirgay abad..


***

O`zim shohid, odamlar mutloq,
Bekorlikdan do`stlashur shundoq.


***

Baxtiyordir, tug`yonlar bilan
Yonib, oxir qo`l siltagan zot.
Baxtliroq, kim baridan ozod -
Ko`msa ishqni ayriliq bilan.


***

Biz, xiradmand jimlik bayrog`i
Soyasida toparkan panoh,
Ehtirosning so`nib mayog`i,
So`ng kulguli tuyularkan goh
Bizga ishqning erk-u shiddati
Va kechikkan so`nggi da'vati..


***

Ko`nikma bu - falakdan ato,
Baxt o`rnini bosur bexato.


***

Hayot ila mast yashangiz, shod,
Quvnang, do`stlar, g`animatdir dam!
Menga esa hechdir bu hayot,
Bu dunyoga mening mehrim kam.
Orzularga siltaganman qo`l,
Lekin olis umidlar nuqul
Yuragimni o`rtagay yana:
Qoldirmasdan biror nishona,
Dunyoni tark etmagim nadir?..


***

Andishasin yengsa tuyg`u-his,
Nahot, uni kechirmaysiz siz?


***

Sukut qilmoq bo`lgandim avval;
Ishoningiz, uyalganim - siz.
Sira bilmas edingiz, essiz,
Gar umidim bo`lsa edi sal
Haftada bir bo`lsa ham yakka
Bu qishloqda sizni ko`rmakka..


Tatyananing Oneginga maktubidan.

***

Boshqasi.. Yo`q, hech kim dunyoda 
Ololmasdi ko`nglimni mening.
Hukm o`qilgan arshi a'loda,
Falak amri: men - sening, sening!

Tatyananing Oneginga maktubidan.


***

Men kutaman, bir nazar bilan
Umidimni qalbda tirgizgil
Yoki og`ir tudhimni buzgil,
Evoh, haqli bir g`azab bilan!

Tatyananing Oneginga maktubidan.


***

Biz ayolni qancha kam sevsak,
Shuncha oson yoqamiz unga;
Shuncha nobud etamiz, beshak,
Cho`lg`ab uni domi afsunga.


***

Ammo baxtga mening qalbim yot;
Yaralmabman xalovat uchun.
Behudadir sizning kamolat -
Arzimayman men unga butun.
Siz ishoning, (vijdonim kafil),
Turmush bunga g`am bo`lair, axir.
Sizni qancha sevmayin o`zim,
Ko`nikdimmi - sovuyman shu zum.

Oneginning Tatyanaga aytganlaridan.


***

Men shundayman. Yozib nomani
Siz pokiza, yoniq dil bilan,
Bu kamolot, bu aql bilan
Istaganmi edingiz mani?
Nahot, taqdir - berahm samo
Sizga shuni ko`ribdi ravo?

Oneginning Tatyanaga aytganlaridan.


***

..Ayamadi biror nimani:
Garchand uning do`st-u dushmani
(Yo ikkisi farqi yo`q sira)
Yomonlashdi uni betinim.
Har kimda bor dunyoda g`anim,
Lekin, Tangrim, do`stlardan asra!
Oh, bu do`stlar, do`stlar nobakor,
Eslamadim ularni bekor!


***

Yo`q sharpani qidirgan, ey zot,
Chekavermay behuda zahmat,
Ey, muhtaram o`quvchuim, faqat
O`zingizni sevingiz, hayhot!
Loyiq shudir, chunki dunyoda
Chin yor bo`lmas bundan ziyoda.


***

U sevilgan.. Hech bo`lmaganda
Shunday o`ylab edi baxtiyor.
E'tiqodga berilgan banda
Baxtiyordir yanada yuz bor.


***

Kimki ko`rsa barin oldindan,
Tajribalar ko`nglin sovutsa,
Mastlik, behushlikni unutsa,
Har imo-yu, har so`zni chindan,
Aynan anglab, yashasa xorib,
Bunday odam dunyoda g`arib!


***

Kunlari zulmat-u muxtasar yerda
Bir avlod tug`ilgay - qo`rqmas o`limdan.

Petrarka.


***

Sharh aylasam buni so`z bilan,
Men otishgum, demak, do`st bilan.


***


Qalbin qayg`u, iztirob yoqar,
To`ppnchasin qisib bekalom,
Lenskiyga Yevgeniy boqar.
Qo`shnisi der: "O`ldi, Vassalom!".


***

"O, sho`rligim, Lenskiy!", - bo`zlab
Qiz yig`ladi avval, benavo.
Afsus, lekin navrasta qizlar
Qayg`usiga bo`lur bevafo.
Ha, boshqasi tortdi nigohin,
Ha, boshqasi, hasratin, ohin
Yaltoqlanib, tindirdi tamom,
O`sha harbiy etar uni rom,
O`sha harbiy qalbiga kirar..
Mana endi mehrob qoshida
Ikkalasi, gultoj boshida,
Yerga qarab qimtinib turar.


***

..Nogoh sizni uchratib bir kez,
Mehr nurin payqadim-u, tez
Ishonmoqqa chog`lanmadim hech:
Xush odatim yo`li berkildi,
Men o`zimning dilgir erkimni
Yo`qotmoqni xohlamadim hech.
Yana bir hol ayirdi bizni -
Qurbon bo`ldi Lenskiy, abgor..
Dilga yaqin har nimaki bor,
Shundan keyin ko`nglimni uzdim.
Men yotsirab yurdim. Azob bu
O`yladimki, erk, orom - tanho
Baxtga evaz bo`lur. O, Xudo!
Qanday xato, qanday jazo bu!

Oneginning Tatyanaga maktubidan.


***

Yo`q, yo`q, sizni ko`rmoq safosi, 
Izingizdan qolmay quvlamoq,
Lab kulgusin, ko`zlar imosin
Oshiq ko`zlar ila ovlamoq.
Xo`p termulmoq sizning jussaga,
Dildan tuymoq - ne kamolot bu.
Qarshingizda botmoq g`ussada,
Bo`zarmoq va so`nmoq..rohat bu.
Men shundan ham mahrumman, faqat
Sudralaman aylab tavakkal.
Kun g`animat, soat g`animat,
Menchi isrof etaman mahtal
Taqdir sanab bergan kunlarni,
Azal zahmi zop`rdir ulaning.

Oneginning Tatyanaga maktubidan.


***

Men bilaman umrimda bor had,
Ammo uni cho`zib turmoqqa
Tongda amin bo`lmoqligim shart
Kuduz kuni sizni ko`rmoqqa.

Oneginning Tatyanaga maktubidan.


***

Bilsaydingiz, naqadar dahshat
muhabbatga zorlik jahonda;
Yonmoq, aql ila har soat
Tug`yonlarni so`ndirmoq qonda.

Oneginning Tatyanaga maktubidan.


***

O`zimga zid bormog`im og`ir;
Nochordirman ushbu kezda man.
Qarorim shul - izmingizdaman,
Men tan berdim taqdirga oxir.

Oneginning Tatyanaga maktubidan.


***

Bexudlikka ko`nikdi, yohu,
Salkam tentak bo`layozdi, yo
Shoir bo`lib qolayozdi u..


..Kunlar o`tdi: iliq havoda
Qishning umri tugadi, to`zdi.
Shoir bo`ldi na u dunyoda,
Na o`ldi, na aqlidan ozdi.
Bahor unga baxsh etdi hayot..


***

Shunday aql-u, yurak-la kim ul,
Bo`lur mayda tuyg`ularga qul?


***

Baxtiyordir, umr shabobin
Erta tashlab ketgan - ko`nmagan
Va jomini ichib bo`lmagan,
O`qib bo`lmay hayot kitobin
Tark aylagan baxtlidir birdan,
Onegindan ayrilgandek man.


No comments:

Post a Comment