Muallif
ruxsatisiz blogpostlardan nusxa ko`chirish hamda saytlar, ijtimoiy
tarmoqlar va boshqa yerlarda chop etish, yozib qoldirish ta`qiqlanadi.
Bugun
shaxsiy blogimda yangi sahifa ochdim. Ushbu sahifada nimalarni yozib
borishimni ayon qilishdan oldin, ba`zi narsalar haqida aytib
o'tmoqchiman.
Bir
vaqtlar, maftunkor va yoqimtoy bo'lgan qizni ko'rsam, darhol "sevib"
qolaverardim. Men tomonimdan bu tarzda "sevib" qolingan qizlar 50 dan
ortiqroq, balki 100 dan ortiqroqdir. Aniq bilmayman. Ularning
ko'pchiligi bilan hatto gaplashmaganman ham, bunga o'ta odamoviligim
sabab bo'lgan. Ularni shunchaki, "sevganman", xolos. Shu bilan birga, mening bu tarzdagi "sevgim" bir necha oyga, ya'ni boshqa bir yoqimtoy qizni ko'rib qolgunimcha davom etardi.
Keyinchalik tushundimki, aslida, u qizlarni sevib qolmaganman ekanman. Hissiyotga beriluvchan va ta`sirchan bo'lganligim tufayli, qizlarning go'zalligi meni o'ziga tez jalb qilar va men buni sevgi, deb o'ylab yurar ekanman.
Bu - qizni emas, go'zallikni sevish edi. Go'zallikni
sevish shunday bo'ladi: siz avval go'zallikni ko'rasiz, unga mahliyo bo'lasiz; so'ng undanda maftunkorroq yoki o'zgacharoq go'zallikni
uchratasiz va bunisi avvalgisidan ko'ra jozibali tuyuladi; yoqtirib
qolasiz, keyin avvalgisining ahamiyati kamayadi. Bu holat tinimsiz davom
etaveradi. Bora-bora oldingi go'zalliklarning ko'pchiligi yodingizdan
chiqa boshlaydi.
Qizni
sevish esa butunlay boshqa: qiz faqat uning maftunkorligi, go'zalligi
uchun sevilmaydi. Bunda uning xarakteri, odob va axloqi, dunyoqarashi,
mehri va hissiyotlari, ba`zi beozor ahmoqliklari, noz va injiqliklari
hamda boshqa xislatlari ham seviladi. Va to'la ishonch bilan aytamanki,
haqiqiy sevgida bu xislatlar tashqi go'zalllikdan anchagina ustun. Har
xolda, men uchun shunday.
U
paytlarda men shunchalik sodda, qo'polroq qilib aytadigan bo'lsam, shu
qadar anqov bo'lgan ekanmanki, har safar boshqasini yoqtirib qolganimda,
"Bundan oldin nechtasini yoqtirib qolganman va unutganman. Bunisi ham
shundaylardan biri", deb o'ylamas, uni chindan sevib qoldim, deb xayol
qilardim. Va navbatdagi "sevgim" haqida doim
o'ylab yurar, unga atab she`rlar yozar hamda ba'zida ruhiy jihatdan qattiq qiynalar edim. Bu mening tabiatim edi. Tan olaman, hozir ham bu tabiat meni tark etgani yo'q. Lekin avvalgi holatimdan farqli ravishda, hozirda tabiatimni anchagina boshqara bilaman. Bu esa meni har qanday go'zal va maftunkor qizni ko'rganimda, uning ham meni sevib qolishini xohlashdan, bu uchun harakat qilishdan va ruhiy
qiynalishdan xalos qilgan.
o'ylab yurar, unga atab she`rlar yozar hamda ba'zida ruhiy jihatdan qattiq qiynalar edim. Bu mening tabiatim edi. Tan olaman, hozir ham bu tabiat meni tark etgani yo'q. Lekin avvalgi holatimdan farqli ravishda, hozirda tabiatimni anchagina boshqara bilaman. Bu esa meni har qanday go'zal va maftunkor qizni ko'rganimda, uning ham meni sevib qolishini xohlashdan, bu uchun harakat qilishdan va ruhiy
qiynalishdan xalos qilgan.
Sizdan shuni so'raymanki, mening bu tabiatim uchun ayblamang, yomon ko'rmang.
Inson qandaydir xususiyatga ega tabiat bilan tug'ilganligi uchun aybdor
bo'lmaydi, bu insonning o'ziga bog'liq bo'lgan holat emas. Lekin inson
salbiy yoki yoqimsiz natijalar keltiradigan tabiatga ega bo'lib, ushbu
tabiatini boshqara olmasa, uni ayblash va zarur bo'lsa, jazolash ham
mumkin. Zero, inson ongli mavjudod va o'z hatti-harakatlarini boshqara
olish imkoniyatiga ega.
Men
hissiyotlarga boy bo'lgan bu davrimda, ko`pgina qizlarga atab she`rlar
yozganman. She`r qaysi qizga atalgan bo'lsa, she`rda uning ismi
yashirilgan bo'lardi. Bundan tashqari, she`rda, iloji boricha, qizning
xarakterini ham yoritib o'tishga harakat qilardim. Shu bilan birgalikda,
asosiy maqsad qiz ismini she`rda aks ettirish bo'lganligi sababli,
she`rlarning ba'zilari mantiqiy izchillikka asoslanmagan holda
yozilardi.
Bunday she`rlar anchagina - 100 dan ortiq. Balki ko'proq hamdir. Bugun
blogimda ochgan yangi sahifamda, o'sha she`rlarni birma-bir topib,
yozib boraman. Istardimki, she`rlarni o'qiyotganda, ularni haqiqiy
muhabbat natijasi emas, yoshlikning o'tkinchi hissiyotlari natijasi, deb
tushuning.
Mana bu yerdan she`rlar yozilgan sahifaga o'tishingiz mumkin: http://maqsudxon3.blogspot.jp/
Man uchun tanish holatlar :)))
ReplyDeleteHattoki bittasini 2 marta "sevib" esdan chiqarvorganman :))) Oddiy havas bo'lgan, u paytlar hech nimani tushunmas edim, faqat tashqi chiroyiga qarardim. O'zimga ishonchim komil bo'lmaganligim uchun bittasigayam bu haqida aytishga duxim yetmagan va hozir o'sha paytlarda duxim yetmaganligidan xursandman, chunki hozirgi holatda ularning bittasi bilan ham o'zimni katta hayotda birga tasavvur qila olmayman.
ReplyDeleteBu tuyg'ular køpchilikni boshidan ötgan bölsa kerak
ReplyDeleteSiz Muhyiddin Ibn Arabini bilasizmi? Uning asarlari ingliz tilida mavjud. Ularni o'qib ko'ring. Fikrlaringizni o'qiganimda Ibn Arabi yodimga tushdi.
ReplyDelete