Muallif ruxsatisiz blogpostlardan nusxa ko`chirish hamda saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa yerlarda chop etish, yozib qoldirish ta`qiqlanadi.
8-mart. Ertalab, 9:20. 18 yoshlardagi talaba yigitcha ko`zini ochdi va sakrab o`rnidan turdi. Telefonini oldi-da, soatga qaradi. So`zng shoshib SMS yoza boshladi (ko`zlari qizargan, biroz shishgan - kechasi bilan "Odnoklassniki" saytida o`tirib, soat 5 dan oshgandan so`ng uxlagan): "Salom #(qizning ismi)! Bayramingiz bilan tabriklayman ( u sevganiga "siz", deb murajaat qilardi)! Doim wunday beg`ubor, mehribon va samimiy qiz4a bo`lib yuring....!"
Bu vaqtdagi ko`pgina yoshlar ijtimoiy saytlarda hamda telefon xabarlarida lotin harfi "sh" ni "w" ko`rinishida, "ch" ni esa "4" ko`rinishida yozishga odatlangan edi.
Sevganiga anchagina uzun yozdi, yubordi. Keyin javob kelishini kuta boshladi, bir-necha daqiqa telefonga tikilib turdi. "Telefonga qaramaydi ham bu beg`am!" - o`yladi u.
So`ng kursdosh qizlariga, sobiq sinfdoshlariga, jami 17 talar qizga tabriklar yozdi, hech biridan javob kelavermadi.
"Iya, ayamga yozmabman-ku!" - xayolidan o`tdi. U onasini "aya", deb chaqirar edi. "Salom aya. Bayramingiz bilan tabriklayman." Qizlarga sal kam inshodek qilib tabrik yozgan yigitcha onasiga ikkita gap yozish bilan cheklandi. Xabarni yubordi. Ko`zi va boshi biroz og`rib turganligi uchun yana uxlamoqchi bo`ldi. Boshini yostiqqa qo`yishi bilan telefon jaranglab ketdi - yigitchaning yuragi hayajondan "jiz" etdi. "Bu #(qizning ismi)! Javob yozdi!" - o`yladi u. Telefonni oldi-da, shoshib xabarni ochdi:
"Rahmat o`g`lim, baxtimga doim sog`-omon bo`l."
Bu ona edi. Eng oxiri eslangan, eng kam yozilgan ona edi.
Eeeh, onajoon...
2012-yil, 8-mart, 23:15.

No comments:
Post a Comment