Xayrli kun hammaga! Salomatmisizlar?
Yaxshimi yoki yomon, foydalimi yoki ziyon - bu haqda aniq fikr ega bo`lmay turib, sizdan so`roqsiz bir ish qilib qo`ydik: o`zboshimchalik bilan blog ochib oldik!
To`g`ri-da! Hozir bekorchilarning yarmi qo`shiq aytayotgan bo`lsa, qolgan ikkinchi yarmi blogpost ochib xohlagan narsasini yozishga odatlangan-ku. Biz ham zamon bilan hamnafasmiz, axir! Dastlab, bekorchilarning birinchi yarmiga o`xshab qo`shiq aytmoqchi ham bo`lib ko`rdik, biroq bu san`at turi bizga kuchlilik qildimi yo biz qo`shiqchilikka zo`rlik qildikmi bilmadim, xullas kelisha olmadik. Shu uchun blog ochib qo`ya qoldik. Bundan buyon biz ham boshqalardek tez-tez blogpost yozib, "yangi blogimni o`qib ko`ring", "yana yangisi bor" kabi ommaviy va ijtimoiy reklamalar bilan asabingizni yanada o`tkirroq charxlashga beminnat xizzmat qilamiz!
Bizga o`xshab bekorchi bo`lmasangizda, har kuni ijtimoiy saytlarga kirib o`tkazadigan 6-7 soat qadrli hamda tig`iz vaqtingizdan eng keraksiz 6-7 daqiqasini ajratib, biz yozgan blogpostlarni o`qib, fikr bildirsangiz xursand bo`lganday bo`lamiz! Yoqsa, chegara bilmas darajada maqtayvering, bu maqtovlarni andisha qilmasdan kommentga ham yozavering. Bunday holda biz: "Qobiliyatli ekanmiz-ku", - deya ruhlanib, o`z ustimizda ishlashi davom ettiramiz! Yoqmasa chegaralarga amal qilgan holda so`kishingiz ham mumkin, buni ham andisha qilmasdan bezraygancha kommentga yozib qoldiravering, aslo xafa bo`lish yo`q. Bunday paytda: "Hali bularga ko`rsatib qo`yaman", - deya yana ruhlanib, o`z ustimizda ishlashni davom ettiraveramiz!
Xullas, biz har qanday vaziyatda ham harakatdan to`xtamaslik maqsadida ushbu blogpostni ochdik. Lekin yozilganlarni hech kim o`qimasa, bunday harakatdan ma`ni yo`q ekanligini ham oz-moz tushunamiz. Shunday ekan, nomiga bo`lsa ham yozganlarimizni o`qib qo`yishingiz juda xohlaymiz. Ishontirib aytamizki, ularning juda kichik miqdorda bo`lsa ham foydasi tegadi!
Ana endi boshqa blogpostlarimizga o`tavering, marhamat!

Harakatdan to'xtamang, do'stim! Olg'a! ;)
ReplyDeleteRahmat))
DeleteОмад сизга
ReplyDeleteYozganlaringiz ajoyib kam bumang
ReplyDelete