Muallif ruxsatisiz blogpostlardan nusxa ko`chirish hamda saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa yerlarda chop etish, yozib qoldirish ta`qiqlanadi.
14-15 yoshli uch bola yaylovda qo`y boqib yurishardi. Biz ularning birini Eshmat deb, ikkinchisini Toshmat deb nomlaymiz, uchinchisiga esa nom bermaymiz, shunchaki "uchinchi bola" deya qolamiz.
- Assalomu alaykuum, Bo`riboy aka. - "Shum bola"dagi Qoravoydek cho`ziib salom berdi Eshmat. U bolalar ichida eng novcha va baquvvati, shuningdek eng uddaburon hamda gapga chechani edi.
- Salom tirranchalar. Nega qo`y boqishga uchchalang ham bir vaqtda chiqib olasanlar? Har kuni bittang, navbatma-navbat hammani qo`yini boqsalaring bo`lmaydimi? Shunda qolgan ikkitangni uyingdagi boshqa ishlarga foydang tegardi. - Jiddiy qiyofada koyib berdi Bo`riboy aka. - O`zi senlarning foydang ham tegmaydiku-ya..- to`ng`illab qo`shib qo`ydi orqasidan.
Bolalar Bo`riboy akaning yoniga o`tirishdi.
- Bo`riboy aka, juda omadlisizda, echkilaringizning deyarli yarmi doim egiz tug`adi, - yana gap qotti Eshmat.
- Omadliman? Buni o`zing o`ylab topdingmi yoki kimdandir eshitib olib aytyapsanmi? Men tajribaliman! Echkilarni atay tanlab-tanlab egiz tug`adiganini olaman. Qulog`i quyonnikidek eng katta bo`lgan echkilar doim egiz tug`adi. Buni senlarga o`xshab tirrancha bo`lmagan har qanday yoshi katta odam biladi. Lekin ular mendek tajribali emas: bozorning bir burchagida 10 daqiqa oldin ko`rgan echkining qulog`ini ikkinchi burchakda ko`rgan echki qulog`i bilan solishtira olmaydi. Unisini qulog`i kattamidi, bunisinikimi, deb o`tiraveradi. A men bo`lsa, o`n yerda 10 ta echkini ko`rsam, adashmasdan qaysining qulog`i eng katta ekanligini aytib bera olaman. Bu menda tajriba sifatida shakllangan, juda ko`p echkilarni ko`rganman va atay quloqlarini xayolda solishtira olishni mashq qilganman. Omad degan narsa esa umuman mavjud emas.
- Iya, nega mavjud bo`lmas ekan? - qarshilik qilganday so`radi Eshmat.
- Omad bor-ku! - ortidan qo`shildi Toshmat. - Axir maktab direktori har uch yig`ilishning birida: "Sizlarning omadingiz bor, chunki boshqa bir maktabda emas, aynan mana shu maktabda ta`lim olyapsiz. Bu maktabda tumanning eng ilg`or va bilimli o`qituvchilari yig`ilgan!", deb takrorlaydi-ku, - so`ng xayolidan o`tkazdi u.

- Menga aql o`rgatmoqchi bo`lyapsanlarmi? Meni aqlim oldida senlarniki kapeyka! Kapeyka nimaligini bilasanlarmi o`zi? Bu Sovet davridagi eng mayda pul, umuman qadri yo`q. Qaydanam bilardilaring, senlar mustaqillikdan 3-4 yil keyin tug`ilgan bo`lsang.
- Nega endi Sovet davridagi eng mayda pul bo`lar ekan! Hatto adabiyot o`qituvchim ham yozgan inshomni o`qib chiqib "Sen yaxshi fikrlaysan,juda yaxshi. Faqat ahmoqona narsalar haqida fikrlaysan, ana shunisi sal chatoq", deb mening yaxshi fikrlashimni tan olgan. - Avval Eshmat gapirmasidan so`zlamaydigan Toshmat yana xayolida o`ylab qo`ya qoldi.
- Omad nima? U qani? Ko`rsata olasanlarmi? Yo ushlab bilasanlarmi? Yo`q, albatta. Demak u yo`q.
- Tajribani ham ushlay olmaysiz-ku. - Eshmat tomonidan yaxshigina zarbaga uchradi Bo`riboy aka.
- Ko`rsata ham olmaysiz. - Har doimgidek Eshmatning gapiga qo`shimcha qildi Toshmat.
- Sen Eshmat, sinfdoshlaring orasida eng naynov va baquvvati bo`lsang ham, bozorchi xotinlardek ko`p gapirasan. Shu qilig`ing senga ortiqcha. Mayli savolni almashtiramiz: men tajribani echkining qulog`ida tushuntirgandek omadni ham konkret tushuntirib bera olasanlarmi? - Vaziyatdan chiqib ketganidan ko`ngli to`lgancha bolalarga tikildi, - Xo`sh?
- Masalan..- chuvalashib qoldi Eshmat.
- Masalan nima?
- Lotoreya.
- Lotoreya?
- Ha, lotoreya! - do`stini gapini dadil takrorladi Toshmat.
- E suf-e, ikkalanga ham! Lotoreyadan 10 million pul yoki mashina yutib olganlarni eshitgansanlarmi? Eshitgansan. Men ham eshitganman. Ammo, - alohida urg`u bilan takrorladi u, - lotoreyadagi yutuq omad emas, harakat! 10 millionni yutish uchun kamida 15 ta lotoreya o`ynash kerak. 15 marta! Bu 15 ta alohida urunish, yutuq uchun 15 marta harakat qilish hisoblanadi. Lotoreyani anavi uch litrli bankadek semiz sotuvchi xolangdan sotib olmasang, qayerdan keladi? Otang sovg`a qiladimi? Katta xolang sovg`a qiladimi? Otang ham katta xolang ham sotib olib keyin sovg`a qiladi. Bu esa harakatni talab qiladi. Men 15 marta deb eng yaxshi imkoniyatni aytyapman, ba`zida 100 marta, ba'zida 1000 marta o`ynash kerak bu yutuqqacha. Bu yana 1000 ta alohida urunish, alohida harakat qilib ko`rish degani. Senlar bo`lsa ko`zlaringni lo`q qilib harakatni omad deb o`tiribsanlar.
U juda tez va so`zlarda chalkashmay gapirar ekan, ham bolalar nomidan o`ziga savol berib, ham o`zining nomidan bolalarga javob berib borardi:
Dengizda cho`kib ketgan kemadan tirik qolib sohilga chiqqan odamni omadi bor deysanlarmi yo? Bekorlarni beshtasini aytibsanlar. U sohilga oyoq-qo`lini lattaday shalpaytirib o`tirgani uchun chiqib qolmaydi-ku! Chiqish uchun hozirgina boshi uzib tashlangan tovuqdek pitirchilab suzadi yoki biror taxta bo`lagiga chumolidek yopishib oladi yoxud qaysidir qahramon uni suvdan sudraklab chiqadi. U omadli bo`lgani uchun emas, tovuqdek pitirchilab, chumolidek yopishib harakat qilgani uchun tirik qoladi. Yoki qahramonning harakati tufayli o`lishga ulgurmaydi.
Men ellik bir yarimga kirganman. Men bilganlarning ellik bir yarmidan birini ham bilmaysanlar. - U aqlli ekanligi isbotini yana ba'zi ma'lumotlar bilan mustahkamlab qo`ymoqchi edi. - Mana masalan, Bulung`ur*da nega qo`y kam boqishadi-yu, ko`proq kartoshka ekib sotishadi? Chunki Bulung`urning yeri zax, havosi nam. Zax yerda yurgan qo`y o`pkasi va jigarining pachag`i chiqib ketadi. Bunaqa kasalmand qo`ylarning har beshtadan bittasi xohlagan vaqtida oyog`ini uzatib o`lib yuboraveradi. Qolgan to`rtta kasal ham kashandaga o`xshab yutalaverganidan semirolmay tirtiranglang yuraveradi. Shu uchun u yerda qo`ydan ko`ra kartoshkadan foyda ko`p.

Bo`riboy akaning hozirgacha gapirganlari bolalar uchun yangi edi. Ushbu yangi gaplardan keyin aytilaverib-aytilaverib shalag`i chiqib ketgan so`zlarini boshladi:
- Shunaqa, tirranchalar. Men sal kam faylasufman. Rus tilini qalpoq qilib tashlayman. Rus va o`zbek tilida qancha kitob o`qiganimni tasavvur ham qilolmaysanlar. Men o`qigan kitoblarim soni urib sindirgan tishlarim sonidan ham ko`p. Laqabimni "Mushtimzo`r" deyishadi, axir! Har safar, eshityapsanlarmi, har safar mushtlashganimda menga kekirdagini cho`zgan jo`jaxo`rozning tishlari sonini kamaytirib qo`yganman. Yiliga esa kamida 7 marta mushtlashaman, bu o`rtacha hisob. Yettini ellik bir yarimga ko`paytirlaringchi, qancha bo`ladi! Exxee, eng irik** qo`yimning junidan ham ko`p bo`ladi bu.
To`g`ri, tan olaman, faqat bir marta tish sindirmaganman. Yoshligida jirttillab yuradigan, hozir esa belini ko`tarolmay qolgan Anzirat bor-ku, sinfdoshim, o`sha bilan mushtlashganimda tishini sindirmaganman, xolos. To`g`rirog`i u mushtlashgan, men emas. Uni urmaganman, umuman. Hee, ayol kishini qanday uraman, meda g`urur bor! Faqat bir necha marta o`zimdan itarib yuborganman. Hatto 31 yildan beri birga yashaydigan xotinimni biror marta chertmaganman, ishonmasalaring o`zidan so`ralaring.
Bir bog`dan bir tog`dan kelib gapirayotgan ellik bir yarim yoshli "faylasuf" shundan so`ng yana yangi gaplarni ayta boshladi:
- Senlar esa omad bor, deb salkam faylasufga aql o`rgatmoqchi bo`lasanlar. Ey, sen, - uchinchi bolaga barmog`i bilan ishora qilib gapirdi u, - sen bularning eng aqllisisan. Chunki eng ko`p jim tura oladigan va eng ko`p eshita oladigani sensan.
Darhaqiqat, o`ta odamovi bo`lgan bu bola deyarli o`gzini ochmasdi. U faqatgina uch holatda gapirishi mumkin edi: birinchisi, undan nimadir so`ralganda javob qaytarish uchun (lekin bu vaziyatlarning ko`pida boshini qimirlatib yoki ko`z ishorasi bilan javob qilardi); ikkinchisi, zarurat tug`ilgan nimanidir so`rash uchun (bunday zarurat unda juda kam tug`ular edi); uchinchisi, uyqusida alahsiragan paytda. U tug`ilganidan to hozirgacha gapirgan gaplarining eng ko`pini uchinchi holatda gapirgan edi .

Shuning uchun ham senga nimanidir tushintirsa bo`ladi. Ammo, - Eshmatga qarab davom etdi u, - mingdan ming afsus va nadomatlar bo`lsinkim, sening mana bu jayraning tikani yanglig` sochlar o`rnashib olgan xumdek boshing ichidagi yong`oq kabi kichik miyangga omad mavjud emasligini fahmlatmoq uchun, men yana 50 yil, ya`nikim, naq yarim asr azoblarga bardosh berib yashamog`im hamda bu yarim asrlik umrimning 47 yilida senga leksiya o`qish bilan band bo`lmog`im darkor!- U o`z so`zlariga faylasufona ko`rinish berish uchun iloji boricha uzun, bog`lovchilari ko`p va o`xshatishlari murakkab bo`lgan gap tuzib aytishga urunib ko`rdi hamda buni ancha muvaffaqiyatli amalga oshira oldi .
Bunaqangi faylasufona gapdan so`ng, asosan qo`yning maarashini va itning akkillashini eshitib katta bo`lgan bu bolalar og`izlarini yarim ochgancha angrayib qolishdi. Hatto eng uddaburon va gapga chechan Eshmat ham "Chindan, Bo`riboy akaning gaplarini bir eshitishda tushuna olishim uchun ancha tajriba va bilim kerak shekilli", deya o`ylab yuborgani uchun ichida o`zini koyib ham qo`ydi.
- Nega baqrayasanlar? Leksiya bu - masjiddagi qiltiriq mullaning har juma kungi 45 minutlik vaysashi, - dastlab bolalar "leksiya" so`zini tushunmagani uchun angrayib qolishdi deb o`ylagandi, so`ng esa holatni fahmlab qoldi.

Bolalarning bu muvaffaqqiyatli urunishdan keyingi holati suhbatni tugatish va shu orqali g`alabani ushlab qolish uchun qulay vaziyat ekanligini anglagan "faylasuf" zarda bilan oxirgi gaplarini aytdi:
- Qani, endi jo`na baring, bo`lmasa og`zilaringdan tishlaringni topolmay qolasanlar!
- Qani, endi jo`na baring, bo`lmasa og`zilaringdan tishlaringni topolmay qolasanlar!
Uchchala bola ham turdi-da, biri boshini, biri burnini qashib, uchinchisi qo`lini cho`ntagiga solib sekin oyoqlarini sudray boshlashdi. To`rt daqiqalar og`zilaridagi tishlarining hammasi joyida ekanligini tili bilan birma-bir tekshirib ko`rayotgandek hech biri gap ochmadi. Nihoyat Eshmatning g`ong`illagan ovozi sukutni buzdi:
- Mana sen, omad yo`q deb o`ylaysanmi? - haligacha biror so`z aytmagan uchinchi boladan so`radi u. Lekin shunchaki "bilmadim" ishorasini beruvchi bo`yin qisish bilan javob oldi, xolos. O`zi nima desa o`shani takrorlaydigan yoki to`ldiradigan Toshmatdan bu haqda so`rab ham o`tirmadi.

Oradan ikki yarim yilga yaqin vaqt o`tdi. Bu vaqtda uchchala bola 9-sinfni bitirishdi, Eshmat va Toshmat o`z qishloqlarining yonida joylashgan kollejga hujjat topshirishdi. Uchinchi yigit esa ingliz tili o`qituvchisining tavsiyasi bilan Toshkentdagi akademik litseylardan biriga hujjat topshirib qaytdi. O`qish boshlanishidan 3 kun oldin Toshkentga boradigan va yotoqxonaga joylashadigan bo`ldi.
Poytaxtga qarab chiqayotgan kuni ertalab turib otasi bilan birga bomdod nomozini o`qidi. Bobosi va buvisining yoniga kirib duo oldi, so`ng so`mkasini yelkasiga ilib, qishloq taksilari turadigan yerga qarab yura boshladi.
- O`qishga ketyapsanmi? - kutilmagan bu ovoz bizga tanish "faylasuf"niki edi.
- Ha, o`qishga. - bunaqa erta turadigan odati yo`q edi-ku, - o`yladi bola.
- Menga qara, Toshkent katta shahar, u yer poytaxt. Hamma imkoniyat o`sha yerda. Bundan foydalan. Faqat meni...bizni unutib yuborma.

Bola doimgidek gapirmasdan javob qaytardi: ko`z ifodasi "Hech qachon bunday bo`lmaydi!", degan javob shakliga kirdi.
- Senga bir-ikkita narsani aytib qo`ymoqchi edim: men faylasuf emasman, o`qigan kitoblarim soni ham sindirgan tishlarim sonidan oz, ancha oz. Faqat bir martagina xotinimning yuziga shapaloq tushirganman, siz bilan ajrashaman deganida. Men doim vaysaqi deydigan masjid mullasi ham vaysaqi emas, u har qachon to`g`ri gapirgan, shunchaki, uning "ichkilik ichmang", "nomoz o`qisangiz bo`lmaydimi?" deyaverishi yoqmaydi, xolos. Keyin, senga hech narsani tushuntirib bo`lmaydi, sen hammani jimgina eshitasan, lekin o`z bilganingdan qolmaysan. Bu yaxshi emas.
Bola unga tikilib turdi, "faylasuf" esa bolaning ko`ziga qaramay gapirdi, so`ng jimib qoldi. Bola doimgidek yuz ifodasi bilan "Boshqa gapingiz yo`qmi?" deb so`radi, lekin "faylasuf" uni ko`rmadi. Bola burildi-da, yura boshladi. Shunda yana ovoz eshitildi:
- Senga omad tilamayman. Omad yo`q, bo`lgan taqdirda ham uni faqat bekorchilar va dangasalar o`tirib oliiib kutadi. Senga shijoat va muvaffaqqiyat tilayman! Shijoat bilan harakat qil, to`xtab qolma. Ana shunda seni kutib yotgan muvaffaqqiyatlarga birma-bir erishasan!
Bola yana burilib qaradi, bu safar faylasuf (bolaning nazdida endi "faylasuf" so`zini qo`shtirnoq ichida aytib bo`lmasdi) unga tik qarab turardi. Bola faylasufni oxirgi marta ko`rib turganini bilmasdi. Uning qanaqadir armonlar va pushaymonlarni aks ettirib turgan ayanchli nigohi bolaning xotirasidan bir umr saqlanib qoldi. So`zlari ham: Senga omad tilamayman. Omad yo`q, bo`lgan taqdirda ham uni faqat bekorchilar va dangasalar o`tirib olib kutadi. Senga shijoat va muvaffaqqiyat tilayman! Shijoat bilan harakat qil, to`xtab qolma. Ana shunda seni kutib yotgan muvaffaqqiyatlarga birma-bir erishasan!
Nega Bo`riboy aka faylasuf bo`lmadi? Balki dangasalik qilib umrini omadni kutish bilan o`tkazgandir? Ehtimol o`qigan kitoblarining sonini sindirgan tishlaridan ko`proq qilishda shijoat bilan harakat qilmagandir, qaysidir burchaklarda uni kutib yotgan muvaffaqiyatlar sari to`xtab qolmasdan intila olmagandir? Shu uchundir bolaga oxirgi qaragandagi ayanchli nigohi? Ushbu savollar javobini salkam faylasuf bo`lgan, jismonan dag`al, ammo ruhan sodda va samimiy Bo`riboy aka o`zi bilan qabriga qo`ltiqlab ketdi.

O`shandan beri 6 yilcha vaqt o`tdi. Bola oxirgi uchrashuvdan keyin chindan faylasuf deb hisoblay boshlagan bu insonning so`zlaridan ko`p foydalandi: tanishlarini tug`ilgan kunida tabriklashda, uzoq safarga ketayotganlarni kuzatishda, ba'zida o`zini aqlliroq qilib ko`rsatishda, goho esa o`zini o`zi ruhlantirishda. Bu so`zlarni o`zidan eshitgan ko`pgina do`stlari ham uning o`ziga shu so`zlar bilan muvaffaqiyat tilaydigan bo`lishdi, ba'zan hazil aralash, ba'zan chin. Har safar ularni eshitganida faylasufning ayanchli nigohi yodiga tushardi: Senga omad tilamayman. Omad yo`q..
*Bulung`ur - Samarqand viloyatidagi tumunlardan biri.
**Irik - yirik, katta.
Ushbu so`zlarni oxirgi marta - kecha menga eslatgan va bu postning yozilishiga sababchi bo`lgan kursdoshim Marksov Islomga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.

Ajoyib! Barchaga OMAD hamroh bo'lsin!
ReplyDelete