Muallif ruxsatisiz blogpostlardan nusxa ko`chirish hamda saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa yerlarda chop etish, yozib qoldirish ta`qiqlanadi.
Yaponiya, Kyoto. 2015-yilning yanvar oyi o`rtalari. Uch talaba kichik bir kafeda o`tirishardi. Ularning uchchalasi ham yapon emas, xorijlik talabalar. 19 yoshli, Katriona ismli, sarg`ish sochli va oq yuzli qiz shotlandiyalik. Qiz to`lachadan kelgan bo`lib, uning qomatini kelishgan va o`zini go`zal deb ta'riflab bo`lmasdi. Ammo samimiy va istarasi issiq bu qiz bir ko`rishda odamning e'tiborini o`ziga jalb qilardi. Tabiatan juda uyatchan shotland qizning ovozi ancha yoqimli edi. Lekin gapirayotganida kimdir unga termulib tursa, avval sekinlik bilan ovozi pasayib borar va birozdan so`ng oppoq yuzi olmadek qizarib ketardi. Bunday paytda u yuzlari oppoq qilib bo`yalgan va ikkala yanog`iga nafislik bilan qizil surilgan yapon geyshalariga o`xshab qolardi.
Katriona ko`pgina shotlandlar kabi Shotlandiyaning Buyuk Britaniya Qirolligidan ajralib chiqib, mustaqil bo`lishi tarafdori edi. 2014-yilning 18-sentabrida Shotlandiyada mustaqillik uchun referendum o`tkazilgan, biroq berilgan ovozlar ajralib chiqish uchun yetarli bo`lmagandi. Bu paytda Katriona Yaponiyada bo`lib, natijani eshitgach uch-to`rt kun qovog`ini ochmay yurdi.
Katriona filmlar tomosha qilishni va ular haqida suhbatlashishni yoqtirardi, lekin o`qish va uy ishlarida onasiga yordam berishi tufayli film ko`rishga ko`p ham vaqt topilavermasdi. Har safar kim bilandir filmlar to`g`risida gaplashsa, shotland xalqining vatanparvarligi haqida ishlangan va ancha maqtovlarga sazovor bo`lgan "Sheryurak" (1995-yil olingan, rejissor va bosh rol ijrochisi Mel Gibson) filmi xayoliga kelar hamda birdan yapon geyshalari ko`rinishiga tushib qolar edi. "Sheryurak" filmining syujetini o`qigan, film haqida ko`p eshitgan bo`lsada, hali ko`rmagan edi. Shotland bo`la turib, shotland xalqining tarixdagi ozodlik harakatlaridan birini ajoyib tarzda ifodalagan bu filmni haligacha ko`ra olmaganligi uning yuzini qizarishga tez-tez majbur qilib turuvchi sabablardan biri edi. Albatta, qaysidir filmni ko`rish yoki ko`rmaslik vatanga yoki xalqqa bo`lgan mehrni ifodalovchi omil hisoblanmaydi. Lekin ko`pchilik, ayniqsa anchagina intelligent bo`lgan yoshlar kimningdir o`z xalqi haqidagi mashhur bir filmni ko`rmaganligi yoki mashhur asarni o`qimaganligi haqida eshitishsa, unga g`alati bir nigoh bilan qarashadi. Bu nigohlardan "Shunday filmni ko`rmagan ekan, xalqiga muhabbati nima ham bo`lardi", - degan kinoyalarni, "Nahotki chindan ham haligacha ko`rmagan bo`lsa?!" - degan hayratlarni, "Eh, essiz, mening xalqim yoki vatanim haqida shunday film bo`lganda, shu paytgacha kamida 5-6 marta ko`rgan bo`lardim. Afsuski, hozirda bizning rejissorlar bunday darajadagi filmlarni ishlashga qobiliyatli emas.." - degan achinishga o`xshash va boshqa hislarni anglasa bo`lardi.
Ikkinchi talaba ancha tajribali, Anhel ismli ispan yigit edi. Kataloniyaning Barselona shahridan bo`lgan bu 33 yoshli talaba asli yozuvchi bo`lib, Yaponiyaga qisqa muddatli, ya'ni 6 oylik o`qish uchun kelgan, biroq asosiy maqsadi universtitetda o`qish emas, balki navbatdagi asari uchun motivlar, manbalar va materiallar to`plash edi. U bundan taxminan 7 yil oldin ham Yaponiyada bo`lgandi. Umuman, u deyarli har doim sayohatda kun kechirar, ko`plab davlatlarni ko`rishga ulgurgan va har bir xalq madaniyatidan o`zi uchun kerakli deb hisoblagan tomonlarini o`zlashtirgan edi. Bu esa unga jamiyatdagi insonlar orasida o`zini juda yaxshi tuta olish kabi xislatni in'om etgan hamda uning bu xislati yetarli darajada mukammal deb aytish mumkin edi. U har qanday vaziyatda ham o`zini yo`qotmas, ba'zida rahmdil, ba'zida bee'tibor, gohida qaysar, goho esa nima desa hech qanday qarshiliksiz ko`nib ketaveradigan, qisqa qilib aytganda, vaziyatga tez va to`la moslashuvchan kishi edi. Ko`plab xalq odamlaridan o`rgangan tajribalari unga yuz ifodalari, so`zlari va his-tuyg`ularini biror holatga moslashtirishda shunday tabiiylik bilan harakat qilish imkonini berardiki, faqat sanoqli va o`ta zehnli bo`lgan kishilargina uning ayni paytdagi ichki holati aslida boshqacharoq ekanligini fahmlab qolishi mumkin edi. Yo`q, yo`q. Bu bilan u salbiy inson demoqchi emasmiz, uning bu moslashuvchan va o`zgaruvchanligi 90 foiz hollarda yaxshi maqsadlarni ko`zlab amalga oshirilar va atrofdagi insonlar uchun ham ijobiy edi. Biz faqatgina u qachon o`zini tabiiy va qachon "sun'iy" tutayotganligini bilish deyarli imkonsiz edi demoqchimiz, xolos.
2014-yilning 9-noyabrida Kataloniya ham Shotlandiya kabi mustaqillik uchun referendum o`tkazgan, garchi ovozlar soni ajralib chiqishga yetarli bo`lmasada, Ispaniya hukumati bu referendumni qonuniy kuchga ega emas deb e'lon qilgan va tan olmagan edi. Uning Kataloniyani Ispaniyadan ajralib chiqishiga bo`lgan munosabati dengizning kemaga bo`lgan munosabatiga o`xshab ketardi. Dengiz kemaning o`z mavjlarida suzib yurishiga zarracha qarshilik qilmaydi, kemalar esa dengizda suzish orqali o`z maqsadlari tomon intiladilar. Biroq to`satdan to`fon boshlansa-yu, kemani ag`darishga harakat qila boshlasa, dengiz kemaga yordam berishni xayoliga ham keltirmaydi, aksincha to`fonga ko`mak qiladi. To`lqinlari tobora vahshiylashib boradi hamda kema ag`dariladigan bo`lsa, kemani va kemadagilarni shunchaki yutib yuboradi xolos.
Anhel ham, dengiz kemaga qarshilik ko`rsatmaganligi kabi, Kataloniyaning Ispaniya tarkibida bo`lishiga hech qanday qarshilikni ifodalamas edi. Lekin qachon ajralib chiqish uchun amaliy harakat boshlansa, doim bu harakatni qo`llab-quvvatlardi. Jumladan, referendumda ham mustaqillik uchun ovoz bergandi.
Anhel va Katrionaning tashqi ko`rinishi va ichki dunyosi butunlay qarama-qarshi edi. Avvalo, tabiat ularni turli jins vakillari qilib yaratgandi. Qisqa soqol qo`yib yuradigan Anhelning sochlari qora, siyrak, ustki qismi to`kila boshlagan va doim kalta qilib olingan bo`lsa, Katrionaning sochi sarg`ish, qalin va uzun bo`lib, beligacha tushib turardi. Shotland qizning uyatchanligi tabiiy edi, lekin bu tabiiy bo`lgan uyalishni ham yaxshi eplay olmas, ko`pincha shu xislati tufayli noqulay vaziyatlarga tushib qolardi. Aksincha, "sun'iy uyalish"ga ega bo`lgan ispan yigit uyalishni o`z vaqtida shunday mahorat bilan amalga oshirardiki, bu unga noqulay vaziyatlardan chiqib ketishga yordam berardi. Katriona o`z ismiga quyib qo`ygandek mos edi (Shotlandcha "Catriona" ismi "sof", "toza", "musaffo" ma'nolarini beradi). Uning barcha harakatlari sodda, samimiy, ichki dunyosini ochiq-oydin ko`rsatib beruvchi edi. Musaffo va toza suvga ega bo`lgan ko`lning eng tubini ham bemalol ko`rish mumkin bo`lgani kabi Katrionaning ichki kechinmalarini har doim osonlik bilan ko`rish mumkin edi. Anhelni esa ismiga mos deb bo`lmasdi ("Angel" - "farishta"). Farishta ham musaffo va butun borlig`icha namoyon bo`ladigan xilqat sifatida tushuniladi. Ammo bizning bu "Farishta" hech qachon o`ylari va tuyg`ularini asli qandayligini namoyon qilmas, uni yaxshi inson deb baholash mumkin bo`lsada, undan farishtaning xislatlarini topib bo`lmasdi. Ispan yigitga "Suv" ma'nosini beruvchi ism qo`yilgan bo`lganida, bu ismni unga mos deb baholasa bo`lardi. Zero, suvni qayerga va nimaga quyar ekansiz, o`sha shaklga kiradi, u ham suyuq (suv), ham qattiq (muz), ham gaz (bug`) holatida mavjud bo`la oladi.
Ularning orasida ahamiyatli deb hisoblasa bo`ladigan yagona o`xshashlik ikkalasi ham mustaqillikka intilayotgan hududdan ekanligi edi.
Va nihoyat, uchinchi talaba o`zbek edi. Yaqinda 22 yoshga to`lgan bu o`zbek yigitning tili ancha o`tkir, hazil va kinoyalar qilishni yoqtirar, hazil qilganda ham shunday vaziyatlarda hamda shunday so`zlar bilan qilar ediki, ular ba'zilarni dovdiratib qo`ysa, ba'zilarni jahldan "portlab ketishi"ga sabab bo`lardi. Lekin ko`p hollarda o`zimiz qilgan harakatlarimizni boshqalar o`zimizga nisbatan amalga oshirishsa, chidab tura olmaymiz yoki chidashimiz o`ta qiyin bo`ladi. O`zbek yigit ham xuddi shunday edi. U o`ziga nisbatan qilingan o`tkir hazillarni ko`tara olmas va bu hol gohida janjalga ham sabab bo`lardi. U doim "Yoki o`zim qattiq hazil va kinoya qilmaslikka odatlanishim yoki atrofdagilarning hazillarini ko`tarishga o`rganishim kerak", - deb takrorlar va o`zini nazorat qilishga urinardi. Lekin u hali yosh edi. Bizga ma`lumki, yoshlikni, ayniqsa unga qaysarlik ham hamroh bo`ladigan bo`lsa, bunday so`zlar bilan nazorat qilib yoki boshqarib bo`lmaydi.
Shotland qizning yoqtirgan yigiti yapon bo`lib, bundan bir necha yil oldin Shotlandiyaga o`qishga borgan, Katriona bilan o`shanda universtitetda tanishgan, o`qishi tugagach Yaponiyaga qaytgan va hozirda Tokyoda ishlayotgan edi. Biroq Katrionaning Yaponiyaga o`qishga kelishi bu yigit tufayli emasdi. Katriona ancha oldin - o`rta maktabda o`qib yurgan paytlaridan beri yapon tili va madaniyatiga qiziqar, qachondir bu davlatga borib ta'lim olishni orzu qilardi. Va nihoyat, Yaponiyada o`qish uchun ta`lim granti yutib oldi va Yaponiyaga keldi. Balki yapon yigitini yoqtirib qolishiga yapon tili va madaniyatiga nisbatan qiziqishi sabab bo`lgandir, bunisi bizga qorong`u.
- Umuman, Tokyo haqida ham, yigitim haqida ham o`ylayotganim yo`q. Hozir o`n to`qqizdaman, yaqinda, fevral oyida yigirmaga to`laman. Bu yerda olayotgan stipendiyam yetarli emas. Shu paytgacha stipendiyamga qo`shib Shotlandiyada yig`ib qo`ygan pullarimni ishlatib kelayotgandim. Tez orada u pullar tugaydi. Uydan pul so`rash noqulay, shu uchun ish qidirib ko`rmoqchiman. Oldin ishlamaganman, lekin yosh bolalarga ingliz tilini o`qitishga o`xshash ish bo`lsa qila olaman, kattalarga ham o`rgatishim mumkin.
- Aytgancha, sizlarga stipendiya yetadimi, qancha olasizlar? - so`radi Katriona.
- Men oyiga 120 ming yen olaman ( bu taxminan 3 million 200 ming so`mdan ortiqroq). - "Sen ham shuncha olsang yetishi kerak-ku", - degan ifoda bilan javob qildi o`zbek.
- Men 80 ming yen olaman ( taxminan 2 million 100 ming so`m)..nega kam? - hayratlandi Katriona.
- Qaysi ta'lim dasturi bo`yicha kelgansan? Men kelgan dastur "Nikkensei". Ta'lim dasturiga qarab stipendiya farq qiladi.
- Haa, men kelgan dastur "JASSO"niki. A sen-chi Anhel?
- Men hech qanday ta'lim dasturi bo`yicha kelmaganman, o`zboshimchalik bilan, o`z cho`ntagimdan to`lab o`qish uchun kelganman. - Jilmayib javob qildi Anhel. - Bilasizlar, haftasiga ikki kun yosh bolalarga ispan tilidan dars beraman, yana uch kun firmada tarjimon bo`lib ishlayman. Bundan tashqari oldindan yig`ib qo`ygan pullarim bor. Xullas, menda puldan muammo bo`lmaydi deb o`ylayman.
- Bizda qizlar turmushga chiqqunicha, yigitlar esa 25-30 yoshigacha, kenja farzand bo`lsa, ba`zida boshqa farzandlar ham bir umr ota-onasi bilan birga yashaydi. Lekin o`g`il bolalar orasida 16-17 yoshidan boshlab, garchi mustaqil hayot kechirmasada, shunday hayot kechirish uchun yetarli bo`lgan mablag` ishlab topa boshlaydiganlar qancha. Shaharda bo`lsa Paynetda ishlar, kafeda ishlar yoki savdo qilar, qishloqda bo`lsa qurilishda ustaga yordamchi bo`lib ishlaydi yo mol, qo`y va boshqalarni boqib sotadi. 19-22 yoshli yigitlarning bir qanchasi esa 5-6 kishilik butun boshli oilani ham boqadi. Bundaylarning yarmi Rossiyada, qolgan yarmi esa Koreyada. Ayniqsa qishloq yoshlari orasida xorijga borib ishlash ko`p uchraydi. Mana bizning qishloq: ta'tilda borib sinfdosh yigitlarni yig`aman desam, 17 ta yigitdan nari borsa 6-7 tasini topish mumkin. Ularning ham kamida uchtasining yaqinda to`yi bo`lishi kerak yoki yaqinda to`yi bo`lgan bo`ladi. To`y - ularni xorijda ishlab yurishdan qishlog`iga sudrab keladigan asosiy omillardan biri. Lekin to`ydan bir-bir yarim yil o`tgach yana shu ahvol. Qolganlari esa menga o`xshab talaba bo`lgani uchun ta`tilda qishloqqa qaytadi. Lekin bir tarafdan ularga qoyil qolish ham kerak, 5-6 kishilik oilani boqishni o`zi bo`lmaydi axir. - Bu gaplarni xayolidan o`tkazar ekan, ularni aytmoqchi ham bo`ldi. Lekin ispan yigit yoki shotland qizning "Nega endi ular Rossiya yoki Koreyaga borib ishlashadi, O`zbekistonda emas?" - deb savol berib qolishini xohlamadi. - Ha, lekin qiz bola boshqa masala. Bu borada qizlar haqida fikr bildira olmayaman. - Shundan so`ng xayolini to`plab, yana Katrionani tinglay boshladi.
- ..Men esa keyinchalik ota-onamga, yaqinlarimga, umuman jamiyatdagi boshqa kishilarga ham yordamim tegishini xohlayman. G`alati tuyulishi mumkin, lekin ba'zida o`zimni umuman foydasizdek sezaman. Kimlargadir yordam bergim keladi, lekin qo`limdan kelmaydi. - gapini tugatdi qiz.
- Katriona, sen kelajakda turmushga chiqsang, farzandli bo`lsang va turmush o`rtog`ing bilan tinchgina yashasang, shuning o`zi ota-onang va yaqinlaringga qilgan eng katta yordaming bo`ladi, ishonaver!
- Sen ko`p erkaklar kabi "ayolning vazifasi - oila va farzand", - deb aytyapsan. Lekin ayolni faqat birgina vazifa bilan cheklab qo`yish to`g`ri emas.- Qanaqadir e'tiroz bilan gapirarkan, qiz bundan oldingi suhbat mavzusidan biroz chetlashgandi.
- Men vazifa haqida gap ochmadim. Ayolning yaqinlariga qiladigan yordami, shunigdek, u uchun haqiqiy baxt deb hisoblasa bo`ladigan narsa haqida gapirdim. - Yigit biroz jim turdi-da, yana davom etdi. - Atrofga qara, 17-18 yoshdan boshlab, balki undan ham ertaroqdir, fohishalik bilan shug`illanayotgan qizlar qancha. Har kuni eri bilan janjallashib farzandlarining tarbiyasiga salbiy ta'sir ko`rsatayotganlar qancha ( bu janjalda faqat ayol aybdor demoqchi emasman, albatta). Yigitlarining biridan homilador bo`lib qolgach, farzandini yetimxonaga, ba'zida esa to`g`ridan to`g`ri ko`chaga tashlab ketayotganlar qancha.Bunday ayollarning ota-onasiga, farzandlariga og`irligi tushishi aniq-ku, shundaymi? Agar ayol turmushga chiqib, farzandli bo`lsa-yu, turmush o`rtog`i bilan tinchgina yashasa, ota-onasi, farzandlari, boshqa yaqinlarining xotirjamligini ta'minlashga yordam qilgan bo`lmaydimi? Albatta yordam qilgan bo`ladi! Yana aytaman, men ayolning vazifasi haqida gapirmayapman. Aksincha, har qanday ayolning yaqinlariga qila oladigan eng katta yordami haqida gapiryapman. Ayol ega bo`lishi mumkin bo`lgan baxt haqida, shunchaki baxt emas, eng mukammal baxt haqida gapiryapman. Albatta, ayolning yana boshqa ko`pab xohishlari bo`lishi mumkin: qimmatbaho taqinchoq, shaxsiy mashina, qayerdadir ishlash va shunga o`xshash. Lekin ularga keyinchalik ham sekinlik bilan erishsa bo`ladi.
O`zbek yigit bir necha asrlardan beri takrorlanib kelgan, vaqt o`tishi bilan biroz o`zgargan, lekin asl mohiyatini saqlab qolgan hamda yana shu zaylda bir necha asrlar takrorlanadigan gaplarni o`z tushunchasi bilan aytayotgandi. U so`zlarining to`g`riligiga shubha qilmasdi. Yuzlari va ko`zlari orqali yuragining tubigacha ko`rish mumkin bo`lgan shotland qizning ham yuz ifodasidan bu fikrlar noto`g`ri emasligini tan olib turganini osongina payqash mumkin edi.
- Lekin jamiyatga-chi? Jamiyatdagi boshqa odamlarga ham foydam tegsa yaxshi-ku.
Esida: qish kunlari edi o`shanda. Otasi quruvchi bo`lib ishlar, bu paytda kimningdir uyining tomini yopayotgan hamda ba'zi qurilish materiallari tugab qolgani uchun o`sha kuni bir kun dam olishga to`g`ri kelgandi. Ish tugashiga oz qolgan bo`lib, tugagach ish haqini olardi. Tushlik paytda uyga kirib choponini yechdi. So`ng xontaxta yoniga o`tirdi hamda xotining har doimgidek tushlik ovqat olib kelishi kutgandi. Lekin xotini avval tabassum aralash yuz ifoda bilan kirib keldi-da, eri va farzandlari yoniga o`tirdi. Keyin farzandlarini biroz erkaladi (bu paytda necha yoshda ekanligi o`zbek yigitning yodida emasdi, balki 5 yosh bo`lgandir, balki 6 yosh). Farzandlarini erkalashda davom etarkan, eriga qaramasdan gap boshladi:
- Ovqat qilmoqchi edim, yog` qolmagan ekan. Qila olmadim..
Otasi deraza tarafga qarab biroz jim bo`lib qoldi-da, keyin shartta o`rnidan turdi. So`ng mehmondorchilikka borayotganda kiyadigan ko`rtkasini kiya boshladi.
- Qayerga ketyapsiz? - so`radi undan xotini.
- Rayhonni yoniga. Ularda yog` bo`lishi kerak, so`rab turaman (Rayhon uning singillaridan biri edi).
- Haligi..kartoshka ham qolmabdi.. - xuddi aybdor kabi sekingina gapirdi unga xotini.
Bu paytda o`zbek yigit hali yosh bola bo`lsa-da, bunaqa vaziyatlarga ko`p duch kelgan va ularni birmuncha yaxshi tushunadigan bo`lib qolgandi. Ana o`sha paytda ham otasiga juda yordam bergisi kelgandi. Aynan qanday yordam bera olishini bilmasdi, balki sehrgar bo`lganda yog` paydo qilib qo`yarmidi yoki boshqa biror yo`l bilan..
- Ey, menga qarang, - hovliqib uyga qaytib kirdi sal oldin chiqib ketgan otasi. Otasi onasiga "siz" deb murojaat qilar va deyarli umuman ismni aytib chaqirmasdi. - Ko`rtkamni ichki cho`ntagida yuz so`m bor ekan, qarang! Topib oldim.
O`zbek yigit otasining aynan shunday xursand bo`lgan chehrasini kamdan kam ko`rardi.
- Iya..yaxshi-ku.. Xudo yetkazdi.. - Chala-chulpa qilib javob qaytardi onasi.
- Ha, Xudo yetkazdi, Xudo. - Otasi shu so`zlarni takror-takror aytgancha chiqib ketdi.
Bu paytlarda yuz so`mning qadri baland edi. Otasi yog` ham, kartoshka ham olib keldi, ehtimol yana biroz ortib ham qolgandir. Buni bilmaydi. Bilgani: bunday voqealar juda ko`p bo`lgan. Bu hol 12-13 yoshlarigacha takrorlanib turgan. Keyinchalik esa oilasi o`zini tutib ola boshladi, hozirda u o`z oilasiga ko`pgina oilalardan moddiy jihatdan yaxshi yashaydi, - deb baho bera olardi.
Yuqorida eslab o`tilgan voqeaga o`xshash holatlar yuz berganda oilaning kayfiyatiga qattiq salbiy ta'sir qilar, bu esa kamdan kam holda bo`lsada, otasi va onasining o`rtasida tortishuv va janjallarga sabab ham bo`lardi. Ayniqsa shunday paytlarda o`zbek yigit ota-onasiga yordam bera olishni juda-juda xohlardi. Ammo hech narsa qila olmas, uyning burchagida janjal tovushlarini jimgina eshitib o`tirar, o`zini ota-onasiga yordam bera olmasligi uchun butunlay keraksiz va befoyda deb his qilardi. 8-9 yoshlarga to`lganida, bunday ko`ngilsiz holatlar yuz bergan vaqtlarda, miyasiga "Boyroq qo`shnilarnikiga kirib o`g`rilik qilsammikan. O`g`irlik bilan bo`lsa-da, oiladagi kamchiliklar to`ldirilsa, ota-onam hech qachon janjallashmaydi", - degan ahmoqona fikrlar ham kela boshlaganini eslaydi (Ha, biz ba'zida o`zimiz sevgan insonlarga yordam bera olish, ularga foydali bo`la olish uchun noto`g`ri ishlarga ham qo`l urushimiz mumkin). Ammo ota-onasi bergan tarbiya har safar o`g`irlikka undaydigan motivlardan kuchlilik qilganligi hozirda uni quvontirardi.
Vaqt o`tishi bilan, o`sha paytlarda bunday ko`ngilsiz hollar juda ko`plab oilalarda yuz berishini bilib oldi (balki hozir ham uchratish mumkindir). Imkoniyati yetarli bo`lmagan paytlarda odamlarga yordam bera olmasa, hech qachon "Meni hech kimga hech qanday foydam tegmaydi", degan fikga bormaslik kerak ekanligini, bunday fikr insonni tushkinlikka, ruhan azoblanishga boshlashini hamda bu ruhiy holat ba'zida noto`g`ri yo`llarga kirishga sabab bo`lishini tushundi. Shuning uchun u "kishilarda bunday fikr paydo bo`lmasligi kerak, ular bunday to`g`ri bo`lmagan va tushkun fikr yuritmaslikka o`rganishi kerak, ularga buni o`rgatish kerak. Hamma ham noto`g`ri yo`lga kirib ketavermaydi, bu aniq, lekin inson o`zini bunday fikrlar bilan azoblamasligi kerak", - deya o`ylardi. Shu sababli qachon insonlarni o`zini foydasiz his qilayotganini sezadigan bo`lsa, tezda ularga ruhiy dalda bo`lishga intilar, bu fikrni ularning xayolidan yo`qotishga harakat qilardi.
Bu gaplarni gapirar ekan, o`zbek yigit fikrlarining to`g`ri ekanligiga shubha qilmasada, ich-ichidan aytayotganlariga nisbatan qanaqadir qarshilik bor edi. Anchadan beri "Yomonlik qilmaslikning o`zi - yaxshilik qilish", "Zarar yetkazmaslikning o`zi yordam berish demakdir" degan fikrlarni haqiqat deb hisoblab yurardi. Lekin imkoni bo`la turib yordam bermaydigan inson (yordamga muhtoj kishi aynan qarindosh bo`lishi ham shart emas) bo`lgandan ko`ra sigir bo`lgan yaxshiroq, - deb hisoblardi.
U qishloq bolasi bo`lganligi uchun sigirning odamlarga foydasi katta ekanligini bilardi. Birgina sigir suti uning opasi, o`zi va ukasini ulg`ayguncha boqdi. Har kuni ertalab sut qaynatilardi, so`ng unga aynan shu sigir sutidan olingan yog`dan ozroq solinardi (yog` bo`lmagan paytlar solishmasdi). Keyin bu sutga non to`grab ichishardi. Bu ovqatni ular "shirchoy" deb atashardi. Butun oilaning har kungi nonushtasi shunday edi. Faqat sigir tug`ishidan biroz avval sut bermay qo`yar va shunday paytda ota-onaga ruhiy hamda moddiy jihatdan, farzandlarga esa ruhiy jihatdan sigir sutining qadri bilina boshlar edi.
Yangi uyga narsalarni o`tkazib bo`lishgach, bobosi bir qizg`ish buzoqchani yetaklab kelib o`zbek yigitning otasiga tutqazar ekan: "Bu senlarga. Buni sotma, oilangni boqadi", - degandi. Bu qo`ng`ir buzoqcha vaqt o`tishi bilan katta bo`ldi, bir yarim yillardan so`ng tug`di, sut bera boshladi.
Uni qachon so`yishgandi...Bu payda u litseyda o`qirdi. 2010- yoki 2011 yil bo`lishi kerak. Ta`tilda uyga kelganida sigir o`rnida boshqa yoshroq juvana bog`langan turardi. Otasi sigirning qarib qolganligini, uni kechagina so`yishganini va go`shtini sotishayotganini aytdi. O`n to`rt yil. O`n to`rt yil xizmat qilgan ekan bu sigir ularga. Imkoni bo`la turib yaxshilik qilmaydigan, muhtojlarga yordam bermaydigan inson bo`lgandan ko`ra sigir bo`lib yashagan yaxshi..
Shularni o`ylar ekan, hozirgina aytib turgan fikrining qayerlaridadir kamchilik bordek tuyulardi. Bu kamchiliklarni to`ldirish uchun yana davom etdi:
- Lekin bu fikrni hamma yerda va hammaga aytaverish ham to`g`ri emas. Bunday qilinsa, ba'zilar "hech narsa qilmasam ham yaxshilik va yordam hisoblanar ekan-ku" - degan xayolga borib, yaxshilik va yordam haqida umuman o`ylamaydigan, borib-borib esa, qochadigan bo`lib qolishi mumkin. Hamma gap imkoniyatda. Imkoniyat yetarli bo`lsa, yaqinlarga, jamiyatdagi odamlarga yordam berish kerak, albatta. Yordam berish shart. Lekin imkon bo`lmasa, men hech kimga foydasi tegmaydigan kishiman deb o`ylash ham noto`g`ri. Zarar yetkazmaslikning o`zi - yordam, yomonlik qilmaslikning o`zi - yaxshilik. - Biroz jim turdi-da, qo`shib qo`ydi, - men aytmoqchi bo`lganlar taxminan mana shunday. Biroq qay darajada tushuntira oldim, buni bilmayman. Har xolda hali yapon tilida o`ylaganlarimni to`la bayon qila olaman deyolmayman.
Ular asosan yapon tilida, suhbat uchun bu til qiyinchilik tug`diradigan bo`lsa, ingliz tilida gaplashishar edi.
- Lekin bu pullarni mehnat haqi sifatida olayotgan ota yoki ona ular bilan farzandini ta`minlasa-yu, bola kelajakda jinoyatchi bo`lib yetishsa-chi? - Anchadan beri pivo ichib jim o`tirgan ispan yigit suhbatga qo`shildi.
- Eee, qo`ysangchi Anhel, yosh bolalarni kelajakda qanday inson bo`lishini kim ham aytib bera olardi. Masalan, sen 10 ta bolani yonigga olib kelishsa, bunisi shifokor, bunisi biznesmen, bunisi esa o`g`ri bo`ladi deb hammasini bashorat qilib bera olaman deb o`ylaysanmi? Hamma narsa...- u birdan to`xtab qoldi. Qaysidir so`zni eslay olmayotgan edi. - Hamma narsa nisbiy. - Bu gapni ingliz tilida aytdi va yana yapon tilida davom etdi. - Ya`ni, yosh bolalardan ba'zilari jinoyatchi bo`lib yetishishi mumkin ( bu achinarli fakt albatta), lekin ular aynan hozir - yoshlik paytida begunoh va beayb-ku. Shunday ekan ularni ta'minlashga ko`maklashish albatta ijobiy hisoblanadi.
- Ha, hamma narsa nisbiy. - Ingliz tilida takrorladi Anhel.
Ularning bu kichik suhbati asosan moddiy yordam haqida edi va ular ma'naviy, ruhiy ko`rinishdagi yordamlar ham borligini, ular orqali ham jamiyatdagi insonlarga ancha ko`mak berish mumkinligini takidlab o`tirishmadi (o`zbek yigit shotland qizga ruhiy jihatdan dalda bo`lish uchun ancha qizishib gapirar, buni ham "ruhiy yordam" deb baholasa bo`lardi. Biroq aynan shu ko`rinishda ham yordam ko`rsatish mumkin-ku, - degan fikr bu paytda negadir xayoliga kelmadi). Zero, bizning davrga kelib, tan olamizmi yoki yo`qmi, moddiyat asosiy o`ringa ko`tarilgan bo`lib, buni uch talabaning suhbatida ham ko`rishimiz mumkin edi. Moddiy jihatdan to`qlikning ko`tarinki ruhiyatni va pul to`lab o`qish orqali yaxshiroq qo`lga kiritish mumkin bo`lgan ma'naviyatni ta'minlab bera olish imkoniyati yuqori ekanligi bizga sir emas.
Ular kafeda yarim tungacha o`tirishdi. Bu vaqt davomida darslar, yaqinda boshlanadigan ta'tilda nimalar qilishlari va boshqalar haqida gaplashishdi, hazillashishdi, uyqusirashdi. Va nihoyat qaytishga qaror qilishdi. So`ng erinibgina turishdi-da, tashqariga chiqib velosipedlariga mingancha yo`lga tushishdi. Uchchala talaba ham velosipedda kelgandi. Kyoto kichik shahar bo`lib, velosipedda harakatlanish qulay bo`lganligi uchun ko`pchilik velosipeddan foydalanar, deyarli har qadamda sog`liqqa, atrof-muhitga va cho`ntakka foydali bo`lgan bu ixcham transport vositasini haydab ketayotganlarni ko`rish mumkin edi.
Shotland qiz va o`zbek yigit boshqa tarafga (ular talabalar turar joyida yashardi), ispan yigit esa boshqa tarafga qarab yo`l oldi (ispan ijaraga olgan kvartirasida yashardi).
O`zbek yigit oldinda borar, velosipedni tez haydamaslikka va bu bilan shotland qizni charchatib qo`ymaslikka harakat qilar, tez-tez orqasiga burilib qizga qarab olar va ba'zida "Hammasi joyidami?", "Charchamadingmi?" deb so`rab turardi. Shu taxlitda borar ekan, bugungi kichik suhbat ta'sirida uyg`ongan fikrlar hali ham boshida aylanar edi.
- Imkoni bo`la turib yaqinlariga, jamiyatdagi insonlarga yordam qilmaslikdan ko`ra, ayniqsa, muhtojlarga yordam bermaydigan odam bo`lgandan ko`ra sigir bo`lib dunyoga kelgan yaxshi. G`ururini bukib yordam istab kelganlarni imkoni bo`la turib rad qilganlardan ko`ra.. sigirlar yaxshi!
Bu fikr uning xayoliga qattiq o`rnashib olgandi. U har safar burilib shotland qizga gapirganida, bexosdan "sigir", "yordam" kabi so`zlarni aytib yubormaslik uchun xayolini to`plab olar va so`ng gapirar edi. Og`ir ruhiy aziyat chekish yoki azoblanish natijasida vujudga kelgan fikrlargina inson onggida shunday qattiq o`rnashib olishi mumkin. Kim bilsin, u necha marta yordamga muhtoj bo`lgan va necha marta yaqinlarining ko`makka muhtojligini ko`rgan ekan..
O`zbek yigit divanda yotgancha uxlashga harakat qilarkan, ko`rpasini yuqoriroq tortdi va go`yo alahsirayotgandek eshitilar-eshitilmas shivirladi: Sigir yaxshiroq.
Men uchun bir qancha sohalarda ustozlik vazifasini o`tagan ikki kursdoshim - 33 yoshli ispan yozuvchisi Angel Alfonso va hozirda 20 yoshga to`lgan shotland qizi Catriona Andersonga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.
Ma`lumot uchun: 2015-yilgi "Blogerlar chempionati"dan so`ng ushbu post biroz qisqartirildi.
Dengiz munosabati

Yuz so`m pul
- Katriona, nega buncha xayol surasan, Tokyo haqida o`ylayapsanmi? - O`zbek yigitning bu gapidan shotland qizning yuzlari darrov qizara qoldi.
- Yo`g`-e, nega endi...- Qizning tovushi xuddi to`pponchadan otilgan o`qning tovush ohangidek taasurot qoldirdi: "Yo`g`-e" so`zi to`pponchaning qattiq gumburlashidek yangragan bo`lsa, qolgan so`zlar ohanggi o`q havoni kesib o`tayotganda chiyillab chiqadigan va sekinlik bilan pasayib borib, oxiri eshitilmay ketadigan ovozni eslatib yuborar edi.
- Rosa hayajonlanib ketding-ku,a? Hazillashdim.
Qiz uyalibgina jilmaydi. Uning tabassumi nihoyatda beg`ubor edi. Ko`p hollarda bunday tabassumga ega bo`lgan qizlarni yigitlarning gap otishlari bezor qilib yuboradi.
- Yigiting bilan yaqinda ko`rishganding shekilli. Yangi yilda Tokyoga sayohatga borganding-ku, shundaymi? - qizdan so`radi ispan yigit. Anhel doim o`z gaplarida "shekilli", "adashmasam", "..deb o`ylayman" kabi iboralarni ishlatar va bu ancha keskin fikrlarni ham birmuncha yumshoq qilib yetkazishga xizmat qilardi.
- Ha, o`n kunlarcha oldin ko`rishgandim, uch kun birga Tokyoni sayohat qildik, keyin Kyotoga qaytdim.
- Shunday beg`ubor qizning yigiti qanaqa ekan-a.. - o`yladi o`zbek yigit.

Shotland qiz tekis va ravon, har-har zamonda to`xtab-to`xtab, nigohini bir ispanga bir o`zbekka qaratib gapirar ekan, bunday berilib so`zlaganda ovozi qanchalar yoqimli eshitilishini xayoliga ham keltirmasdi.
Yaponiyada karaoke ancha urf bo`lgan va deyarli hech qachon urfdan qolmaydigan ko`ngilochar mashg`ulot bo`lib,ko`pchilik yoshlar har haftada kamida bir marta karaokega borishni o`zlariga odat qilishgandi. Ispan va o`zbek ham, Yaponiyaga kelganlariga taxminan besh oy bo`lgan bo`lsa, o`n martadan ko`proq karaokega borishdi. Lekin uyatchanligi tufayli, Katriona faqat bir martagina o`z kursdoshlari bilan karaokega borgandi. Ispan va o`zbek ham uning kursdoshlari bo`lib, o`sha paytda ular Katriona bilan birga borishgan va shotland qizning "Beatlz" qo`shiqlarini kuylaganini eshitishgandi. Katriona kuylar ekan, tobora qizarib borar, qo`shiq toniga yaxshi tusha olmasdi. Lekin qo`shiqning toni emas, ovozining mayinligi kursdoshlarining uni berilib tinglashga undardi.
- Jin ursin, ovozi buncha yoqimli bu qizni! - o`ylagandi o`shanda o`zbek yigit.
Ispan esa yuzida tabiiy yoki sun'iy ekanligini ajratib bo`lmaydigan hayrat bilan shotland qizga tikilib qolgandi.
Yaponiyada karaoke ancha urf bo`lgan va deyarli hech qachon urfdan qolmaydigan ko`ngilochar mashg`ulot bo`lib,ko`pchilik yoshlar har haftada kamida bir marta karaokega borishni o`zlariga odat qilishgandi. Ispan va o`zbek ham, Yaponiyaga kelganlariga taxminan besh oy bo`lgan bo`lsa, o`n martadan ko`proq karaokega borishdi. Lekin uyatchanligi tufayli, Katriona faqat bir martagina o`z kursdoshlari bilan karaokega borgandi. Ispan va o`zbek ham uning kursdoshlari bo`lib, o`sha paytda ular Katriona bilan birga borishgan va shotland qizning "Beatlz" qo`shiqlarini kuylaganini eshitishgandi. Katriona kuylar ekan, tobora qizarib borar, qo`shiq toniga yaxshi tusha olmasdi. Lekin qo`shiqning toni emas, ovozining mayinligi kursdoshlarining uni berilib tinglashga undardi.
- Jin ursin, ovozi buncha yoqimli bu qizni! - o`ylagandi o`shanda o`zbek yigit.
Ispan esa yuzida tabiiy yoki sun'iy ekanligini ajratib bo`lmaydigan hayrat bilan shotland qizga tikilib qolgandi.
- Aytgancha, sizlarga stipendiya yetadimi, qancha olasizlar? - so`radi Katriona.
- Men oyiga 120 ming yen olaman ( bu taxminan 3 million 200 ming so`mdan ortiqroq). - "Sen ham shuncha olsang yetishi kerak-ku", - degan ifoda bilan javob qildi o`zbek.
- Men 80 ming yen olaman ( taxminan 2 million 100 ming so`m)..nega kam? - hayratlandi Katriona.
- Qaysi ta'lim dasturi bo`yicha kelgansan? Men kelgan dastur "Nikkensei". Ta'lim dasturiga qarab stipendiya farq qiladi.
- Haa, men kelgan dastur "JASSO"niki. A sen-chi Anhel?
- Men hech qanday ta'lim dasturi bo`yicha kelmaganman, o`zboshimchalik bilan, o`z cho`ntagimdan to`lab o`qish uchun kelganman. - Jilmayib javob qildi Anhel. - Bilasizlar, haftasiga ikki kun yosh bolalarga ispan tilidan dars beraman, yana uch kun firmada tarjimon bo`lib ishlayman. Bundan tashqari oldindan yig`ib qo`ygan pullarim bor. Xullas, menda puldan muammo bo`lmaydi deb o`ylayman.
- Sizlarda qanday ekanligidan yaxshi xabardor emasman, - o`zbek yigitga yuzlanib davom etdi qiz, - lekin Yevropada 18-19 yoshga to`lgandan so`ng, ko`pchilik yoshlar mustaqil hayot kechira boshlaydi. - Bu safar u tekis va ravon so`zlamadi, tovushi pasayib bordi. U juda uyalgan paytida yoki ishonchi komil bo`lmay gapirganida tovushi shunday pasayib borardi. Biroz ikkilanib qoldi, so`ng yana davom etdi. - To`g`ri, ota-onasidan yordam olib turadiganlar ham bor..lekin ko`p emas.
- Bizda qizlar turmushga chiqqunicha, yigitlar esa 25-30 yoshigacha, kenja farzand bo`lsa, ba`zida boshqa farzandlar ham bir umr ota-onasi bilan birga yashaydi. Lekin o`g`il bolalar orasida 16-17 yoshidan boshlab, garchi mustaqil hayot kechirmasada, shunday hayot kechirish uchun yetarli bo`lgan mablag` ishlab topa boshlaydiganlar qancha. Shaharda bo`lsa Paynetda ishlar, kafeda ishlar yoki savdo qilar, qishloqda bo`lsa qurilishda ustaga yordamchi bo`lib ishlaydi yo mol, qo`y va boshqalarni boqib sotadi. 19-22 yoshli yigitlarning bir qanchasi esa 5-6 kishilik butun boshli oilani ham boqadi. Bundaylarning yarmi Rossiyada, qolgan yarmi esa Koreyada. Ayniqsa qishloq yoshlari orasida xorijga borib ishlash ko`p uchraydi. Mana bizning qishloq: ta'tilda borib sinfdosh yigitlarni yig`aman desam, 17 ta yigitdan nari borsa 6-7 tasini topish mumkin. Ularning ham kamida uchtasining yaqinda to`yi bo`lishi kerak yoki yaqinda to`yi bo`lgan bo`ladi. To`y - ularni xorijda ishlab yurishdan qishlog`iga sudrab keladigan asosiy omillardan biri. Lekin to`ydan bir-bir yarim yil o`tgach yana shu ahvol. Qolganlari esa menga o`xshab talaba bo`lgani uchun ta`tilda qishloqqa qaytadi. Lekin bir tarafdan ularga qoyil qolish ham kerak, 5-6 kishilik oilani boqishni o`zi bo`lmaydi axir. - Bu gaplarni xayolidan o`tkazar ekan, ularni aytmoqchi ham bo`ldi. Lekin ispan yigit yoki shotland qizning "Nega endi ular Rossiya yoki Koreyaga borib ishlashadi, O`zbekistonda emas?" - deb savol berib qolishini xohlamadi. - Ha, lekin qiz bola boshqa masala. Bu borada qizlar haqida fikr bildira olmayaman. - Shundan so`ng xayolini to`plab, yana Katrionani tinglay boshladi.
- ..Men esa keyinchalik ota-onamga, yaqinlarimga, umuman jamiyatdagi boshqa kishilarga ham yordamim tegishini xohlayman. G`alati tuyulishi mumkin, lekin ba'zida o`zimni umuman foydasizdek sezaman. Kimlargadir yordam bergim keladi, lekin qo`limdan kelmaydi. - gapini tugatdi qiz.
O`zbek yigit yuz ifodasi shotland qizning "o`zimni foydasiz sezaman" degan gapidan so`ng biroz o`zgardi.
- Katriona, sen kelajakda turmushga chiqsang, farzandli bo`lsang va turmush o`rtog`ing bilan tinchgina yashasang, shuning o`zi ota-onang va yaqinlaringga qilgan eng katta yordaming bo`ladi, ishonaver!
- Sen ko`p erkaklar kabi "ayolning vazifasi - oila va farzand", - deb aytyapsan. Lekin ayolni faqat birgina vazifa bilan cheklab qo`yish to`g`ri emas.- Qanaqadir e'tiroz bilan gapirarkan, qiz bundan oldingi suhbat mavzusidan biroz chetlashgandi.
- Men vazifa haqida gap ochmadim. Ayolning yaqinlariga qiladigan yordami, shunigdek, u uchun haqiqiy baxt deb hisoblasa bo`ladigan narsa haqida gapirdim. - Yigit biroz jim turdi-da, yana davom etdi. - Atrofga qara, 17-18 yoshdan boshlab, balki undan ham ertaroqdir, fohishalik bilan shug`illanayotgan qizlar qancha. Har kuni eri bilan janjallashib farzandlarining tarbiyasiga salbiy ta'sir ko`rsatayotganlar qancha ( bu janjalda faqat ayol aybdor demoqchi emasman, albatta). Yigitlarining biridan homilador bo`lib qolgach, farzandini yetimxonaga, ba'zida esa to`g`ridan to`g`ri ko`chaga tashlab ketayotganlar qancha.Bunday ayollarning ota-onasiga, farzandlariga og`irligi tushishi aniq-ku, shundaymi? Agar ayol turmushga chiqib, farzandli bo`lsa-yu, turmush o`rtog`i bilan tinchgina yashasa, ota-onasi, farzandlari, boshqa yaqinlarining xotirjamligini ta'minlashga yordam qilgan bo`lmaydimi? Albatta yordam qilgan bo`ladi! Yana aytaman, men ayolning vazifasi haqida gapirmayapman. Aksincha, har qanday ayolning yaqinlariga qila oladigan eng katta yordami haqida gapiryapman. Ayol ega bo`lishi mumkin bo`lgan baxt haqida, shunchaki baxt emas, eng mukammal baxt haqida gapiryapman. Albatta, ayolning yana boshqa ko`pab xohishlari bo`lishi mumkin: qimmatbaho taqinchoq, shaxsiy mashina, qayerdadir ishlash va shunga o`xshash. Lekin ularga keyinchalik ham sekinlik bilan erishsa bo`ladi.
O`zbek yigit bir necha asrlardan beri takrorlanib kelgan, vaqt o`tishi bilan biroz o`zgargan, lekin asl mohiyatini saqlab qolgan hamda yana shu zaylda bir necha asrlar takrorlanadigan gaplarni o`z tushunchasi bilan aytayotgandi. U so`zlarining to`g`riligiga shubha qilmasdi. Yuzlari va ko`zlari orqali yuragining tubigacha ko`rish mumkin bo`lgan shotland qizning ham yuz ifodasidan bu fikrlar noto`g`ri emasligini tan olib turganini osongina payqash mumkin edi.
- Lekin jamiyatga-chi? Jamiyatdagi boshqa odamlarga ham foydam tegsa yaxshi-ku.
- Eee, Katriona, shunga o`zimni foydasiz sezaman deb o`tiribsanmi? - o`yladi o`zbek yigit.
Shotland qizning "ba'zida o`zimni umuman foydasizdek sezaman" degan gapini eshitganda, o`zbekning yuz ifodasi bekorga o`zgarmagan bo`lib, unga bu tuyg`u tanish edi. U yaqinlariga, keyinchalik esa har qanday kishiga yordam berishga intilish tuyg`usi hamda yaqinlarining qiynalishini ko`ra turib yordam bera olmaganida, o`zini butunlay befoyda narsadek his qilish tuyg`usi o`zida qachon va aynan qaysi voqeadan keyin paydo bo`lganini eslolmasdi. Faqat bunday vaziyatlar anchagina bo`lganini eslardi xolos.
Esida: qish kunlari edi o`shanda. Otasi quruvchi bo`lib ishlar, bu paytda kimningdir uyining tomini yopayotgan hamda ba'zi qurilish materiallari tugab qolgani uchun o`sha kuni bir kun dam olishga to`g`ri kelgandi. Ish tugashiga oz qolgan bo`lib, tugagach ish haqini olardi. Tushlik paytda uyga kirib choponini yechdi. So`ng xontaxta yoniga o`tirdi hamda xotining har doimgidek tushlik ovqat olib kelishi kutgandi. Lekin xotini avval tabassum aralash yuz ifoda bilan kirib keldi-da, eri va farzandlari yoniga o`tirdi. Keyin farzandlarini biroz erkaladi (bu paytda necha yoshda ekanligi o`zbek yigitning yodida emasdi, balki 5 yosh bo`lgandir, balki 6 yosh). Farzandlarini erkalashda davom etarkan, eriga qaramasdan gap boshladi:
- Ovqat qilmoqchi edim, yog` qolmagan ekan. Qila olmadim..
Otasi deraza tarafga qarab biroz jim bo`lib qoldi-da, keyin shartta o`rnidan turdi. So`ng mehmondorchilikka borayotganda kiyadigan ko`rtkasini kiya boshladi.
- Qayerga ketyapsiz? - so`radi undan xotini.
- Rayhonni yoniga. Ularda yog` bo`lishi kerak, so`rab turaman (Rayhon uning singillaridan biri edi).
- Haligi..kartoshka ham qolmabdi.. - xuddi aybdor kabi sekingina gapirdi unga xotini.
Bu paytda o`zbek yigit hali yosh bola bo`lsa-da, bunaqa vaziyatlarga ko`p duch kelgan va ularni birmuncha yaxshi tushunadigan bo`lib qolgandi. Ana o`sha paytda ham otasiga juda yordam bergisi kelgandi. Aynan qanday yordam bera olishini bilmasdi, balki sehrgar bo`lganda yog` paydo qilib qo`yarmidi yoki boshqa biror yo`l bilan..
- Ey, menga qarang, - hovliqib uyga qaytib kirdi sal oldin chiqib ketgan otasi. Otasi onasiga "siz" deb murojaat qilar va deyarli umuman ismni aytib chaqirmasdi. - Ko`rtkamni ichki cho`ntagida yuz so`m bor ekan, qarang! Topib oldim.
O`zbek yigit otasining aynan shunday xursand bo`lgan chehrasini kamdan kam ko`rardi.
- Iya..yaxshi-ku.. Xudo yetkazdi.. - Chala-chulpa qilib javob qaytardi onasi.
- Nega o`shanda onamning yuzi otamniki kabi xursand bo`lib ko`rinmagan ekan? - o`yladi o`zbek yigit. Unga onasining yuz ifodasi xuddi yig`lamoqchi bo`lib turgan kishining yuz ifodasidek ko`ringandi. Lekin nega? Balki xo`rligi kelib ketgandir o`shanda, balki kutilmaganda topilib qolgan pul uni yig`lagudek darajada xursand qilgandir..
- Ha, Xudo yetkazdi, Xudo. - Otasi shu so`zlarni takror-takror aytgancha chiqib ketdi.
Bu paytlarda yuz so`mning qadri baland edi. Otasi yog` ham, kartoshka ham olib keldi, ehtimol yana biroz ortib ham qolgandir. Buni bilmaydi. Bilgani: bunday voqealar juda ko`p bo`lgan. Bu hol 12-13 yoshlarigacha takrorlanib turgan. Keyinchalik esa oilasi o`zini tutib ola boshladi, hozirda u o`z oilasiga ko`pgina oilalardan moddiy jihatdan yaxshi yashaydi, - deb baho bera olardi.
Yuqorida eslab o`tilgan voqeaga o`xshash holatlar yuz berganda oilaning kayfiyatiga qattiq salbiy ta'sir qilar, bu esa kamdan kam holda bo`lsada, otasi va onasining o`rtasida tortishuv va janjallarga sabab ham bo`lardi. Ayniqsa shunday paytlarda o`zbek yigit ota-onasiga yordam bera olishni juda-juda xohlardi. Ammo hech narsa qila olmas, uyning burchagida janjal tovushlarini jimgina eshitib o`tirar, o`zini ota-onasiga yordam bera olmasligi uchun butunlay keraksiz va befoyda deb his qilardi. 8-9 yoshlarga to`lganida, bunday ko`ngilsiz holatlar yuz bergan vaqtlarda, miyasiga "Boyroq qo`shnilarnikiga kirib o`g`rilik qilsammikan. O`g`irlik bilan bo`lsa-da, oiladagi kamchiliklar to`ldirilsa, ota-onam hech qachon janjallashmaydi", - degan ahmoqona fikrlar ham kela boshlaganini eslaydi (Ha, biz ba'zida o`zimiz sevgan insonlarga yordam bera olish, ularga foydali bo`la olish uchun noto`g`ri ishlarga ham qo`l urushimiz mumkin). Ammo ota-onasi bergan tarbiya har safar o`g`irlikka undaydigan motivlardan kuchlilik qilganligi hozirda uni quvontirardi.
Vaqt o`tishi bilan, o`sha paytlarda bunday ko`ngilsiz hollar juda ko`plab oilalarda yuz berishini bilib oldi (balki hozir ham uchratish mumkindir). Imkoniyati yetarli bo`lmagan paytlarda odamlarga yordam bera olmasa, hech qachon "Meni hech kimga hech qanday foydam tegmaydi", degan fikga bormaslik kerak ekanligini, bunday fikr insonni tushkinlikka, ruhan azoblanishga boshlashini hamda bu ruhiy holat ba'zida noto`g`ri yo`llarga kirishga sabab bo`lishini tushundi. Shuning uchun u "kishilarda bunday fikr paydo bo`lmasligi kerak, ular bunday to`g`ri bo`lmagan va tushkun fikr yuritmaslikka o`rganishi kerak, ularga buni o`rgatish kerak. Hamma ham noto`g`ri yo`lga kirib ketavermaydi, bu aniq, lekin inson o`zini bunday fikrlar bilan azoblamasligi kerak", - deya o`ylardi. Shu sababli qachon insonlarni o`zini foydasiz his qilayotganini sezadigan bo`lsa, tezda ularga ruhiy dalda bo`lishga intilar, bu fikrni ularning xayolidan yo`qotishga harakat qilardi.
Sigir yaxshiroq
- Senga bir sirni aytaymi? - xuddi jahl qilayotgandek so`z boshladi o`zbek yigit. U nimanidir berilib gapirsa yoki o`zi haq ekanligini yoxud boshqalarning nohaq ekanligini isbotlashga urininb so`zlasa, ko`zlari yonar, har bir so`zni dona-dona qilib aniq talaffuz qilar, yuz ifodasi jiddiy tusga kirar edi. Shu zaylda gapirar ekan, nutq so`zlayotganga o`xshab ko`rinar va qaysidir harakatlari bilan nutq o`qiyotgan Gitlerni ham eslatib yuborardi. - Agar hayotda hech kimga zararing tegmay yashasang, boshqalarga yomonlik qilmasang mana shuning o`zi sen jamiyatga qilayotgan yaxshilik bo`ladi. Mana shu jamiyatdagi insonlarga qilayotgan yordaming hisoblanadi. Qanday deysanmi? Tasavvur qil: sen birovga yomonlik qilmaysan, hech kimga zarar keltirmaysan. Har kuni o`z hayoting bilan band bo`lasan. Balki har kuni o`qishga borib kelarsan, balki ishga. Ehtimol umuman hech qayerga bormasdan kun bo`yi uyda televizor tomosha qilarsan yoxud kitob o`qib o`tirarsan. Shu jarayonda sen nimadir yeysan,nimadir ichasan. Yegulik va ichimliklarni esa pulga sotib olasan. Ishga yoki o`qishga qatnaganingda yo`l haqi to`laysan, kitoblarni pulga sotib olasan. Sening har qanday hayot tarzing xarajatlar qilish bilan bog`liq bo`ladi. Sen xarajat qilayotgan pullar esa kimlargadir oylik ish haqi, mehnat haqi sifatida beriladi. Ular esa bu pullarni farzandlari uchun ishlatadi yoki o`z ehtiyojlari uchun. Demak, sen kimnidir ish bilan ta`minlashga, pul bilan ta`minlashga yordam qilyapsan. Ishonaver, buni yordam deb atasa bo`ladi.
Bu gaplarni gapirar ekan, o`zbek yigit fikrlarining to`g`ri ekanligiga shubha qilmasada, ich-ichidan aytayotganlariga nisbatan qanaqadir qarshilik bor edi. Anchadan beri "Yomonlik qilmaslikning o`zi - yaxshilik qilish", "Zarar yetkazmaslikning o`zi yordam berish demakdir" degan fikrlarni haqiqat deb hisoblab yurardi. Lekin imkoni bo`la turib yordam bermaydigan inson (yordamga muhtoj kishi aynan qarindosh bo`lishi ham shart emas) bo`lgandan ko`ra sigir bo`lgan yaxshiroq, - deb hisoblardi.
U qishloq bolasi bo`lganligi uchun sigirning odamlarga foydasi katta ekanligini bilardi. Birgina sigir suti uning opasi, o`zi va ukasini ulg`ayguncha boqdi. Har kuni ertalab sut qaynatilardi, so`ng unga aynan shu sigir sutidan olingan yog`dan ozroq solinardi (yog` bo`lmagan paytlar solishmasdi). Keyin bu sutga non to`grab ichishardi. Bu ovqatni ular "shirchoy" deb atashardi. Butun oilaning har kungi nonushtasi shunday edi. Faqat sigir tug`ishidan biroz avval sut bermay qo`yar va shunday paytda ota-onaga ruhiy hamda moddiy jihatdan, farzandlarga esa ruhiy jihatdan sigir sutining qadri bilina boshlar edi.
Sut va yog`dan tashqari sigir har yili tug`ar, buzoqni boqib sotishar va bu oilaga ancha madad bo`lardi. Sigir shu zaylda oilaga qancha xizmat qilgandi? Buni aniqroq hisoblashga urinar ekan, uni qachon olishgani va qachon so`yilganini xotirlay boshladi ( sigir qarigach so`yib, go`shtini sotishgandi). Ha, ota-onasi dastlab bobosi bilan bir hovlida yashagan. Keyinchalik yangi uy qurilgan va 1996-yili bu uyga ko`chib o`tishgandi, O`shanda u 3 yosh edi (o`zbek yigit juda yoshligidagi voqealarni ham yodida saqlab qolgan bo`lib, ba`zida ularni eslay olishi ota-onasini hayratga solardi).
Yangi uyga narsalarni o`tkazib bo`lishgach, bobosi bir qizg`ish buzoqchani yetaklab kelib o`zbek yigitning otasiga tutqazar ekan: "Bu senlarga. Buni sotma, oilangni boqadi", - degandi. Bu qo`ng`ir buzoqcha vaqt o`tishi bilan katta bo`ldi, bir yarim yillardan so`ng tug`di, sut bera boshladi.
Uni qachon so`yishgandi...Bu payda u litseyda o`qirdi. 2010- yoki 2011 yil bo`lishi kerak. Ta`tilda uyga kelganida sigir o`rnida boshqa yoshroq juvana bog`langan turardi. Otasi sigirning qarib qolganligini, uni kechagina so`yishganini va go`shtini sotishayotganini aytdi. O`n to`rt yil. O`n to`rt yil xizmat qilgan ekan bu sigir ularga. Imkoni bo`la turib yaxshilik qilmaydigan, muhtojlarga yordam bermaydigan inson bo`lgandan ko`ra sigir bo`lib yashagan yaxshi..
Shularni o`ylar ekan, hozirgina aytib turgan fikrining qayerlaridadir kamchilik bordek tuyulardi. Bu kamchiliklarni to`ldirish uchun yana davom etdi:
- Lekin bu fikrni hamma yerda va hammaga aytaverish ham to`g`ri emas. Bunday qilinsa, ba'zilar "hech narsa qilmasam ham yaxshilik va yordam hisoblanar ekan-ku" - degan xayolga borib, yaxshilik va yordam haqida umuman o`ylamaydigan, borib-borib esa, qochadigan bo`lib qolishi mumkin. Hamma gap imkoniyatda. Imkoniyat yetarli bo`lsa, yaqinlarga, jamiyatdagi odamlarga yordam berish kerak, albatta. Yordam berish shart. Lekin imkon bo`lmasa, men hech kimga foydasi tegmaydigan kishiman deb o`ylash ham noto`g`ri. Zarar yetkazmaslikning o`zi - yordam, yomonlik qilmaslikning o`zi - yaxshilik. - Biroz jim turdi-da, qo`shib qo`ydi, - men aytmoqchi bo`lganlar taxminan mana shunday. Biroq qay darajada tushuntira oldim, buni bilmayman. Har xolda hali yapon tilida o`ylaganlarimni to`la bayon qila olaman deyolmayman.
Ular asosan yapon tilida, suhbat uchun bu til qiyinchilik tug`diradigan bo`lsa, ingliz tilida gaplashishar edi.
- Lekin bu pullarni mehnat haqi sifatida olayotgan ota yoki ona ular bilan farzandini ta`minlasa-yu, bola kelajakda jinoyatchi bo`lib yetishsa-chi? - Anchadan beri pivo ichib jim o`tirgan ispan yigit suhbatga qo`shildi.
- Eee, qo`ysangchi Anhel, yosh bolalarni kelajakda qanday inson bo`lishini kim ham aytib bera olardi. Masalan, sen 10 ta bolani yonigga olib kelishsa, bunisi shifokor, bunisi biznesmen, bunisi esa o`g`ri bo`ladi deb hammasini bashorat qilib bera olaman deb o`ylaysanmi? Hamma narsa...- u birdan to`xtab qoldi. Qaysidir so`zni eslay olmayotgan edi. - Hamma narsa nisbiy. - Bu gapni ingliz tilida aytdi va yana yapon tilida davom etdi. - Ya`ni, yosh bolalardan ba'zilari jinoyatchi bo`lib yetishishi mumkin ( bu achinarli fakt albatta), lekin ular aynan hozir - yoshlik paytida begunoh va beayb-ku. Shunday ekan ularni ta'minlashga ko`maklashish albatta ijobiy hisoblanadi.
- Ha, hamma narsa nisbiy. - Ingliz tilida takrorladi Anhel.
Ularning bu kichik suhbati asosan moddiy yordam haqida edi va ular ma'naviy, ruhiy ko`rinishdagi yordamlar ham borligini, ular orqali ham jamiyatdagi insonlarga ancha ko`mak berish mumkinligini takidlab o`tirishmadi (o`zbek yigit shotland qizga ruhiy jihatdan dalda bo`lish uchun ancha qizishib gapirar, buni ham "ruhiy yordam" deb baholasa bo`lardi. Biroq aynan shu ko`rinishda ham yordam ko`rsatish mumkin-ku, - degan fikr bu paytda negadir xayoliga kelmadi). Zero, bizning davrga kelib, tan olamizmi yoki yo`qmi, moddiyat asosiy o`ringa ko`tarilgan bo`lib, buni uch talabaning suhbatida ham ko`rishimiz mumkin edi. Moddiy jihatdan to`qlikning ko`tarinki ruhiyatni va pul to`lab o`qish orqali yaxshiroq qo`lga kiritish mumkin bo`lgan ma'naviyatni ta'minlab bera olish imkoniyati yuqori ekanligi bizga sir emas.
Ular kafeda yarim tungacha o`tirishdi. Bu vaqt davomida darslar, yaqinda boshlanadigan ta'tilda nimalar qilishlari va boshqalar haqida gaplashishdi, hazillashishdi, uyqusirashdi. Va nihoyat qaytishga qaror qilishdi. So`ng erinibgina turishdi-da, tashqariga chiqib velosipedlariga mingancha yo`lga tushishdi. Uchchala talaba ham velosipedda kelgandi. Kyoto kichik shahar bo`lib, velosipedda harakatlanish qulay bo`lganligi uchun ko`pchilik velosipeddan foydalanar, deyarli har qadamda sog`liqqa, atrof-muhitga va cho`ntakka foydali bo`lgan bu ixcham transport vositasini haydab ketayotganlarni ko`rish mumkin edi.
Shotland qiz va o`zbek yigit boshqa tarafga (ular talabalar turar joyida yashardi), ispan yigit esa boshqa tarafga qarab yo`l oldi (ispan ijaraga olgan kvartirasida yashardi).
O`zbek yigit oldinda borar, velosipedni tez haydamaslikka va bu bilan shotland qizni charchatib qo`ymaslikka harakat qilar, tez-tez orqasiga burilib qizga qarab olar va ba'zida "Hammasi joyidami?", "Charchamadingmi?" deb so`rab turardi. Shu taxlitda borar ekan, bugungi kichik suhbat ta'sirida uyg`ongan fikrlar hali ham boshida aylanar edi.
- Imkoni bo`la turib yaqinlariga, jamiyatdagi insonlarga yordam qilmaslikdan ko`ra, ayniqsa, muhtojlarga yordam bermaydigan odam bo`lgandan ko`ra sigir bo`lib dunyoga kelgan yaxshi. G`ururini bukib yordam istab kelganlarni imkoni bo`la turib rad qilganlardan ko`ra.. sigirlar yaxshi!
Bu fikr uning xayoliga qattiq o`rnashib olgandi. U har safar burilib shotland qizga gapirganida, bexosdan "sigir", "yordam" kabi so`zlarni aytib yubormaslik uchun xayolini to`plab olar va so`ng gapirar edi. Og`ir ruhiy aziyat chekish yoki azoblanish natijasida vujudga kelgan fikrlargina inson onggida shunday qattiq o`rnashib olishi mumkin. Kim bilsin, u necha marta yordamga muhtoj bo`lgan va necha marta yaqinlarining ko`makka muhtojligini ko`rgan ekan..
O`zbek yigit divanda yotgancha uxlashga harakat qilarkan, ko`rpasini yuqoriroq tortdi va go`yo alahsirayotgandek eshitilar-eshitilmas shivirladi: Sigir yaxshiroq.
Men uchun bir qancha sohalarda ustozlik vazifasini o`tagan ikki kursdoshim - 33 yoshli ispan yozuvchisi Angel Alfonso va hozirda 20 yoshga to`lgan shotland qizi Catriona Andersonga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.
Ma`lumot uchun: 2015-yilgi "Blogerlar chempionati"dan so`ng ushbu post biroz qisqartirildi.
бу ёзувлар албатта яхши баҳоланиши керак эди.
ReplyDeleteOskar mukofotini olgan filmni koʻrgandek taassurot oldim. Koʻproq yozing.
ReplyDeleteBir so'z bilan zo'r rahmat biz bilan shunday hikoyani bo'lishganingiz uchun
ReplyDelete